Massaj
Massaj (arab. – qoʻl tegizmoq) – davolash usuli; tana yoki biror aʼzoga maxsus usulda taʼsir etish. Qoʻl bilan bajariladi, baʼzan asboblar ishlatiladi (vibromassaj). Massajning organizmga taʼsir mexanizmida nerv va gumoral omillar muhim rol oʻynaydi. Massaj taʼsirida terida biologik faol moddalar hosil boʻlib qonga tushadi, ular tomir reaksiyalarida, nerv impulslarini oʻtkazishda va boshqalarda katnashadi. Massaj bevosita taʼsir qilgan joyida toʻqimalarga mexanik taʼsir ham koʻrsatib, limfa, qon, toʻqimalar orasidagi suyuqlik sirkulyasiyasi kuchayadi. Natijada kon va limfa dimlanishi yoʻqolib, moddalar almashinuvi va massaj qilinayotgan joy terisi orqali nafas olish kuchayadi. Massaj yuraktomir sistemasi ishini yaxshilaydi. Kapillyarni kengaytirib, massaj qilinayotgan sohanigina emas, balki undan uzoqdagi toʻqimalarning ham (reflektor yoʻl bilan) qon bilan moʻl taʼminlanishiga imkon beradi: qonning arteriya va venalardan oqishi rivojlanadi. Massaj muolajasidan soʻng umumiy ahvol yaxshilanadi, charchoq yoʻqoladi. Umumiy (butun gavda) va mahalliy (gavdaning bir qismi, mas, qoʻl yoki oyoq panjasi) massaj bor.
Asosiy usullari: silash, uqalash, iylash va qoqib qoʻyish.
Silash – massajning boshqa usullarini boshlashdan oldin va tugallana-yotganda qoʻllanadi.
Uqalash – birmuncha tez bajariladi, bunda teri va teri ostidagi toʻqimalar turli yoʻnalishda joyidan qoʻzgʻatiladi yoki choʻziladi. Uqalangan joy ustidan silanadi.
Iylash – massajning murakkabroq usuli. Bunda faqat yuza toʻqimalargina emas, balki chuqur joylashgan muskullar ham taʼsirlanadi. Massajning bu usuli toʻqimalarni ushlash, koʻtarish, bosish va choʻzishdan iborat.
Qoqib qoʻyish yoki „vibratsiya“ – tanaga tebranuvchi (titroq) harakat berishdan iborat, uni qoʻl yoki maxsus massaj apparatlari yordamida turli jadallik va tebranish bilan bajariladi.
Massajning sport massaji, shifobaxsh, gigiyenik va kosmetik massaj kabi turlari bor. Sport assajida sportchining hamma muskul guruxlariga ketma-ket taʼsir etiladi.
Shifobaxsh massaj vrach koʻrsatmasi boʻyicha tayanchharakat apparati, boʻgʻim va moddalar almashinuvining buzilish kasalliklari, radikulit, kontraktura va boshqalarda kompleks davolash bilan birga qilinadi. M.ning boshqa turlari charchoqni bosish va kuch-quvvatni tiklash, odatda, jismoniy mashqlar, suv muolajalari, ertalabki gimnastika bilan birga olib boriladi. Bunday massaj xushbichim va bardam boʻlishga imkon beradi. Oʻz-oʻzini massaj qilish gigiyenik massajning bir shakli. Massajni maxsus oʻrgatilgan massajchilar yoki bemorning yaqin kishilari (tibbiyot xodimidan oʻrganib olib) qilishlari mumkin. Kosmetik massaj kosmetolog-vrach tavsiyasiga koʻra, sochlarni mustahkamlash, yuzdagi nuqsonlarni yoʻqotish maqsadida koʻllanadi.
Yurak massaji – yurak toʻxtab qolganda odamni jonlashtirish usuli; bunda yurak ritmik ravishda bevosita (koʻkrak qafasi ochilib bajariladigan opera-siyalarda) yoki bavosita (koʻkrak qafasini yormasdan birinchi yordam koʻrsatishda) qisiladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |