Kontent qismiga oʻtish

Marakaibo

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Marakaibo — Venesuelaning shim.-gʻarbiy qismidagi shahar, Suliya shtatining maʼmuriy markazi. Aholisining soni va iqtisodiy ahamiyati jihatidan mamlakatda 2-oʻrinda (Karakas shahridan keyin); aholisi 1,5 mln. kishi (1990-yillar oxirlari). Marakaybo neft sanoati rayonining savdo va sa-noat markazi. Yirik port (yillik yuk ortib-tushirish 70 mln. t), asosan, neft sanoati uchun xizmat qiladi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Kimyo, neft kimyosi, oziq-ovqat, toʻqimachilik, koʻn-poyabzal, elektrotexnika, qogʻoz, farmatsevtika, sement, yogʻochsozlik, metallsozlik sanoati korxonalari mavjud. Shaharga 1571-yilda asos solingan. Meʼmoriy yodgorliklaridan mustamlakachilik davrida qurilgan sobor va cherkov saqlangan. Un-t (1891), tarix muzeyi, harbiy muzey, Nafis sanʼat akademiyasi, konservatoriya bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil