„Makeba“ qoʻshigʻi fransuz qoʻshiqchisi va qoʻshiq muallifi Jainning Zanaka (2015) debyut studiyaviy albomida 2015-yil 6-noyabrda chiqarilgan. Jain tomonidan yozilgan bu qoʻshiqqa uning uzoq yillik hamkori Maksim Nucci prodyuserlik qildi. Qoʻshiq naqarotida amerikalik aranjirovkachi va prodyuser Hamilton Bohannonning 1978-yildagi „Me and the Gang“ qoʻshigʻidan namuna sifatida ishlatilgan[3]. Qoʻshiq Fransiya Singles Chartda yettinchi oʻrinni egalladi.
Qoʻshiq janubiy afrikalik qoʻshiqchi va aktivist „Mama Africa“ (tarjimada: Ona Afrika) nomi bilan ham tanilgan Miriam Makebaga bagʻishlanadi.
2023-yil iyun oyida „Makeba“ TikTokda tarqalishi bilan yana qayta mashhurlikka erishdi[4]. Qoʻshiq Marshalls va Levi’s reklamalarida ishlatilgan[5].
Avstraliyaning "I’m celebrity"...Get me out of here! realiti-shousida qoʻshiqdan intro sifatida foydalaniladi.
↑"ČNS IFPI" (chexcha). Hitparáda – Digital Top 100 Oficiální. IFPI Czech Republic. Note: Change the chart to CZ – SINGLES DIGITAL – TOP 100 and insert 202325 into search. Qaraldi: 4-iyul, 2023.
↑"ČNS IFPI" (slovakcha). Hitparáda – Radio Top 100 Oficiálna. IFPI Czech Republic. Note: insert 202331 into search. Qaraldi: 2023-yil 7-avgust.
↑"ČNS IFPI" (slovakcha). Hitparáda – Singles Digital Top 100 Oficiálna. IFPI Czech Republic. Note: Select SINGLES DIGITAL - TOP 100 and insert 202326 into search. Qaraldi: 2023-yil 4-iyul.