Kontent qismiga oʻtish

Leggorn

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Leggorn — goʻsht-tuxum yoʻnalishidagi serpusht tovuq zoti. 19-asrda AQShda Italiya oq tovuqlarini minorka va ispan, urushqoq va boshqa zotlar bilan chatish-tirib chiqarilgan. Zot mahalliy tovuqlar olib kelingan Italiyadagi Livarno (ing. Leghorn) porti nomidan olingan. Boshi kichik, quloq solinchogʻi oq yoki sargʻish, toji katta. Pati, asosan, oq, qoʻngʻir, sariq, qora, koʻk. Yaxshi iqlimlashadigan, chidamli, tez yetiladigan oq L. Koʻproq tarqalgan. Tovuqlarining oʻrtacha vazni 1,6—1,8 kg, xoʻrozlari 2,3—2,5 kg. Tovugʻi yiliga oʻrtacha 240 va undan ortiq tuxum qiladi. Tuxumi vazni 57—60 g. Amerikadan, soʻngra Yevropa mamlakatlari va Yaponiyadan 1925-yilda SSSRga keltirilgan va oq rus tovuq zotlarini chiqarishda foylanilgan. L. koʻpgina mamlakatlarda keng tarqalgan. 1925-yildan Oʻzbekiston parrandachilik fabrikalarida boqiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil