Kontent qismiga oʻtish

Klara Gitler

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Klara Hitler
Tavalludi 12-avgust 1860
Vafoti 21-dekabr 1907
Fuqaroligi Avstriya imperiyasi va Avstriya-Vengriya imperiyasi
Otasi Johann Baptist Pölzl
Onasi Johanna Hiedler

Klara Gitler (1860 – 1907) – Adolf Gitlerning onasi, Nazi Germaniyasining diktatori. Shifokor Dr. Eduard Blochning so'zlariga ko'ra, Klara juda sukutli, shirin va mehribon ayol edi. 1934-yilda Gitler, Klara sharafiga Passau shahridagi bir ko'chaga uning nomini qo'ydi.[1][2]

Oilaviy sharoiti va nikoh

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klara Avstriya imperiyasining Weitra qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning otasi Johann Baptist Pölzl, onasi Johanna Hiedler edi. 1876-yilda, 16 yoshida, Klara o‘z qarindoshi Alois Gitler tomonidan xizmatkorga olinadi. Aloisning biologik otasi noma'lum bo‘lsa-da, uning onasi Maria Schicklgruber Johann Georg Hiedler bilan turmush qurib, Aloisni Hiedlerning o‘g‘li sifatida qabul qilgan.

Aloisning ikkinchi rafiqasi Franziska Matzelsberger 1884-yilda vafot etganidan so‘ng, Klara va Alois 1885-yil 7-yanvar kuni Braunau am Inn shahridagi Pommer Inn mehmonxonasining oxirgi qavatida yashirincha nikohdan o'tishdi. [3][4]

Ularning birinchi o‘g‘li Gustav 1885-yil 17-mayda tug‘ildi. 1886-yil 23-sentabrda Ida tug‘ildi, lekin ikkala bola ham 1887–88 qishida difteriyadan vafot etdi. 1892-yilda tug‘ilgan uchinchi bola Otto ham qisqa vaqt ichida vafot etdi. 1889-yil 20-aprelda Adolf tug‘ildi.[5]

1892-yilda Klara va uning oilasi Passau shahriga yo‘l oldi va keyingi ikki yilni u yerda o‘tkazdi. [6]1894-yil 24-martda Edmund tug‘ildi. 1896-yil 21-yanvarda esa Paula tug‘ildi. Edmund 1900-yil 28-fevralda, besh yoshida, qizamiqdan vafot etdi. Klara va Aloisning olti farzandidan faqat Adolf va Paula tirik qolishgan.[7]

Klaraning hayoti uy ishlari va bola tarbiyalash bilan o‘tdi, Aloisning oilasi bilan ko'p vaqt o'tqizolmasdi. Klara katolik bo‘lganlidi sababli cherkovga doim bolalari bilan borardi.[8]

Alois 1903-yilda vafot etdi. Klara Leondingdagi uyini sotib, Adolf va Paula bilan Linz shahriga ko‘chdi va u yerda nochor hayot kechirdi. 1906-yilda Klara ko‘krak qismida shish paydo bo‘layotganini sezdi, ammo boshida bunga e'tiborsizlik bilan qaradi. Ko‘krakdagi og‘riqlar kuchaygandan so‘ng, 1907-yil yanvar oyida shifokor Eduard Bloch ko'rigidan o'tdi. [9]

Klara o‘zining diniga e'tiqodli bo‘lib, o‘z taqdirini Xudoning irodasiga topshirdi qabul qildi. Unda saraton kasalligi allaqachon tarqalgan edi. Bloch Klara bolalariga uning ahvoli og'ir ekanligini ma'lum qildi. Adolf, Vena shahriga qaytdi va onasiga g‘amxo‘rlik qildi. Klara 1907-yil 21-dekabrda saraton kasalligi tufayli vafot etdi.[10]

Adolfga onasining vafoti hayotidagi eng katta zarba edi. Bloch, Klara o‘limidan so‘ng, Adolf "eng ko‘p azob chekkan inson" ekanligini ta'kidlagan.[11] Gitler o‘z avtobiografiyasida, "Men otamni hurmat qilganman, ammo onamni sevganman" deb yozgan va onasining o‘limini "qorong‘u zarba" deb ta’riflagan.[12][13]

1940-yilda Gitler, Klara uchun tibbiy yordam ko‘rsatgan yahudi shifokori Blochga minnatdorchilik sifatida, uni va uning rafiqasini Avstriyadan AQSHga ko‘chishiga ruxsat berdi

Qabr toshining olib tashlanishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yil 28-martda, Leondingdagi shaharcha qabristonida Alois va Klara Gitlerning qabr toshi olib tashlandi. Qabr toshini olib tashlagan shaxs Aloisning birinchi rafiqasi Annaning qarindoshlaridan biridir. Qabrdagi jasadlarning taqdiri noma'lum.[14]

Madaniy tadbirlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

"I Ain't No Holodeck Boy" nomli "American Dad!" animatsion teleserialining 10-mavsum, 13-qismida, asosiy rollarda Adolf ona qornida bo‘lgan paytlar tasvirlangan. Roald Dahlning "Genesis and Catastrophe: A True Story" qisqa hikoyasi esa Klaraning yoshligi, Adolfgacha bo‘lgan davrni hikoya qiladi, u yangi tug‘ilgan o‘g‘lini va oldingi farzandlarining o‘limini qayg‘u bilan eslaydi. Dahlning hikoyasida Klara haqidagi ma'lumotlar aniq berilgan bo‘lsa-da, "Frau Hitler" kimligi hikoyaning oxirida ochiladi, Dahl aynan shu an'anasi, ya'ni o‘ziga xos va qorong‘u yakun qilishi bilan tanilgan.

  1. "The Mind of Adolf Hitler", Walter C Langer, New York 1972 p. 116
  2. Anna Rosmus: Hitlers Nibelungen, Samples Grafenau 2015, pp. 93f
  3. Gunther, John. Inside Europe. New York: Harper & Brothers, 1940 — 21-bet. 
  4. Payne, Robert. The Life and Death of Adolf Hitler. New York: Praeger, 1973 — 12-bet. „The marriage took place early in the morning, and Klara is said to have complained: 'We were married at six o'clock in the morning, and my husband was already at work at seven.'“ 
  5. Rosenberg, Jennifer „Adolf Hitler's Family Tree“ (en). ThoughtCo. Qaraldi: 2019-yil 12-mart.
  6. Anna Rosmus: Hitlers Nibelungen, Samples Grafenau 2015
  7. Vermeeren, Mar, De jeugd van Adolf Hitler 1889–1907 en zijn familie en voorouders, Soesterberg, 2007, Uitgeverij Aspekt, ISBN 978-90-5911-606-1 (Note: source carried forward and only presumed reliable)
  8. "[She] was completely devoted to the faith and teachings of Catholicism..." Smith, p. 42
  9. Olson, James S. Bathsheba's Breast: Women, Cancer, and History. JHU Press, 5 January 2005 — 94-bet. ISBN 978-0-801-88064-3. 
  10. Olson, James S. Bathsheba's Breast: Women, Cancer, and History. JHU Press, 5 January 2005 — 94-bet. ISBN 978-0-801-88064-3. 
  11. ; Hans MommsenHitler's Vienna: A Portrait of the Tyrant as a Young Man. Tauris Parke Paperbacks, 3 August 2010 — 20-21-bet. ISBN 978-1-84885-277-8. Qaraldi: 2012-yil 4-mart. 
  12. Kershaw 2008, s. 15.
  13. Bergen, Doris L.. War and Genocide: A Concise History of the Holocaust. Rowman & Littlefield Publishers, 16 February 2009 — 31-bet. ISBN 978-0-393-07562-5. 
  14. „Adolf Hitler parents' tombstone in Austria removed“. BBC (2012-yil 30-mart). Qaraldi: 2014-yil 4-dekabr.