Kirkkosaari
Kirkkosaardagi eski qo'ng'iroq minorasi | |
Geography | |
---|---|
Administration | |
_BLANK_ |
Kirkkosaari (Orol cherkovi) – Finlandiyadagi kichik orol. Pielavesi koʻli bilan oʻralgan va Pielavesi munitsipaliteti tarkibiga kiradi. Kirkkosaari dastlab sobiq cherkov markazi boʻlgan va u qadmda Lammassalo deb nomlangan[1][2].
Shimoliy Tenxusaari orqali Kirkkosaari mintaqasini bogʻlaydigan yoʻl mavjud. Orolning janubiy qismida Kirkkoniemi tepaligi mavjud. Kirkkovuori tepaligining balandligi 144 metrni tashkil tashkil etadi. Ushbu orolni Pangansalo bilan bogʻlaydigan yoʻl ham mavjud.
Orol cherkovi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1683-yilda Pielavesi aholisi cherkov qurish uchun Viipuri episkopi Petrus Bangdan ruxsat oladi. Ushbu cherkovni qurish uchun tanlangan joy aynan Kirkkosaari[3] edi, chunki bu joy suv bilan boʻladigan muammolardan holi edi. Ushbu cherkov 1961-yilda qurib bitkazildi. Cherkov Finlyandiyaning " ahtaat paikat kuin Pielaveden kirkossa " (Pielavesi cherkovidagi kabi tor joylar) iborasi bilan uzviy bogʻliq. Hozirgi kunda eski cherkov hovlisida qoʻngʻiroqli minorasi va 1860-yillardagi ocharchilik paytida halok boʻlganlar uchun yodgorlik majmuasi mavjud. Ostrobot uslubidagi Uygʻonish davrining nozik haykali 1748-yilda Anders Brofall rahbarligida qurilgan[4]. Bundan tashqari orol markazdagi Xailuoto qishlogʻida umumtaʼlim maktabi, ikkita oziq-ovqat doʻkoni (K-Market va Sale), bank (Osuuspankki), sartaroshxona va avtomobillar uchun yoqilgʻi quyish shoxobchasi (SEO) mavjud.
Sayyohlar uchun Arctic Light House mehmonxonasi Kirkkosaaridagi eski qoʻngʻiroq minorasi yaqinida joylashgan. Butun Kirkkosaari oroli davlatning milliy ahamiyatga ega joyi hisoblanadi va bundan tashqari madaniy meroslaridan biri sifatida tasniflanadi.
Kirkkosaarida 1850-yillarda Pielavesini Xiekkaniemiga koʻchirilgunga qadar uchta cherkov mavjud boʻlgan[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „VAPAA-AIKA“. Pielavesi. Qaraldi: 2021-yil 8-mart.
- ↑ „KIRKKOSAARI“. Spotting History. Qaraldi: 2021-yil 8-mart.
- ↑ „Nähtävyydet ja käyntikohteet - Pielavesi“. www.pielavesi.fi. Qaraldi: 2021-yil 8-mart.
- ↑ 4,0 4,1 „Pielavesi Kirkkosaari“. Museovirasto. National Board of Antiquities. Qaraldi: 2021-yil 8-mart.