Kaya qabilalar ittifoqi
Kaya qabilalar ittifoqi
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eramizning birinchi asrida Koreya yarim orolining janubida yashovchi pyonxan qabilalari asosida 6 ta siyosiy qabilalar ittifoqi —Kimkvan Kaya,Tekaya, Sonsan Kaya, Ara Kaya, Koyon Kaya va Sokaya boʻlgan. Afsonaga koʻra, ularning asoschilari osmondan tushgan 6 ta oltin tuxum boʻlgan („Samguk yusa“da yozilgan „Karak davlati haqida yozuvl a r“).-Mazkur qabilalarning birlashuvi natijasida Kaya nomi paydo boʻlgan. Koguryo, Pekche va Silladan farqli ravishda bu yerda konfederativ respublikalar mavjud boʻlib, ularning har biri mustaqil siyosat olib borishgan. Hududiy nuqtai nazardan Kaya Pekche va Silla oraligʻidagi hudud sanaladi. Afsonaga koʻra, Kaya 42 — 562 yillarda mavjud boʻlgan. Kaya qabilalarining birlashuvi mazkur davlatning asoschisi va birinchi hukmdori Kim Suro (afsonaga koʻra, eramizning 42 yilidan boshlab hukmronlik qilgan va 158 yil yashagan) tomonidan Kimkvan Kaya atrofida kechgan. Uning rafiqasi hind malikasi Xo Xvan-ok boʻlgan. Maʼlum vaqt oʻtib Kaya qabilalari markazi Tekayaga oʻtgan. Kaya Koguryo, Pekche va Sillaning tajovuzlari ostida qolgan. Kaya hokimiyati tarqoq boʻlib, oxir-oqibatda barham topgan. Bu jarayon dastlab Kimkvan Kayada (532 y.), soʻngra Teka (562 y.)da sodir boʻldi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]V.S.Xan. Koreya tarixi.-T.:2013
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |