Kontent qismiga oʻtish

Katatumbo chaqmoqlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kechasi Katatumbo chaqmoqlari

Katatumbo chaqmoqlari (ispancha: Relampago del Catatumbo)[1] - atmosferadagi hodisalardan biri boʻlib, Katatumbo daryosining quyilish joyida sodir boʻladi. Daryo Venesueladagi Marakaybo koʻliga quyiladi[2]. Katatumbo Bari xalqi tilida "Momaqaldiroq uyi" degan ma'noni anglatadi[3]. U 1 km (0,6 milya) dan ortiq balandlikdagi bo'ronli bulutlar massasidan kelib chiqadi va yiliga 140 kechadan dan 160 kechagacha, kuniga to'qqiz soat va 1 daqiqada 16 martadan 40 martagacha chaqmoq chaqishi bilan sodir bo'ladi. Yozda bu hodisa hatto yog'ingarchiliksiz quruq chaqmoq kabi sodir bo'lishi mumkin.[4]

Chaqmoq yil davomida chaqnash chastotasini o'zgartiradi va u yildan-yilga farq qiladi. Misol uchun, u 2010 yilning yanvaridan martigacha to'xtadi, shekilli, qurg'oqchilik tufayli, u butunlay o'chirilgan bo'lishi mumkin degan taxminlarga olib keldi.[5][6]

Chaqmoqning hosil bo'lish jarayoni va joylasho'rni

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Katatumbo chaqmoqlari Marakaybo koʻli atrofida va uning atrofida sodir boʻladi

Katatumbo chaqmoqlari odatda, 8°30' sh.k. 71°0' g'.u. dan va 9°45'sh.k. 73°0'g'.u.gacha, Marakaybo ko'lining g'arbiy tomonida shakllanadi. Chaqmoqlar, ko'l va uning atrofidagi botqoqli tekisliklar bo'ylab esayotgan shamollar ta'sirida shakllanadi deb, taxmin qilinadi. Ko'l ustida shakllangan havo massalari And togʻlarining baland togʻ tizmalari, Perija togʻlari (3750 m (12000 fut)) va Mérida Kordilyerasi hamda, shu hudduddagi tekisliklarni uch tomondan oʻrab oladi. Tekisliklar bo'ylab to'plangan issiqlik va namlik elektr zaryadlarini hosil qiladi va havo massalari tog 'tizmalari ustida beqarorlashgani sababli, momaqaldiroqqa aylanishiga olib keladi. [7]

Tarixiy ma'lumotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koloniyalik portugal va ispan manbalaridan bir nechta ma'lumot mavjud bo'lib, ular ushbu hodisani "Santa Antoniyning lanternlari" yoki "Marakaybo chiroqxonasi" deb nomlashadi, deya 1822-yilda Aleksandr Vokker qayd etib qoldirgan. [8] Bundan tashqari M. Palaciosning "Viage de Varinas" kitobiga asoslanib, Prussiyalik tabiatshunos olim va kashfiyotchi Aleksandr fon Humboldt 1826-yilda chaqmoqni tasvirlagan deyiladi. [9]Italiyalik geograf Agustin Kodazzi 1841-yilda uni "Uzluksiz chaqmoq " deb ta'riflagan va uning joylashuvi deyarli ko'l ustida joylashgan bo'lib, u navigatorlarni mayoq sifatida boshqaradi deydi.

Madaniy ta'siri

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Zulia bayrog'i
Zulia qo'shinining gerbi. Chaqmoq o'ng yuqori chorakda.

Ushbu hodisa, Marakaybo ko'lini ham o'z ichiga olgan Zulia shtati bayrog'ida va gerbida tasvirlangan va davlat madhiyasida ham aytilgan. Ushbu hodisa asrlar davomida "Marakaybo chiroqxonasi" deb tanilgan, sababi oldin aytib o'tganimizdek, bo'ronlar Marakaibo ko'li ustida va atrofida katta massivda shakllanishi va sodir bo'lishidir.[10]

  1. „Fogonazos: Catatumbo, the everlasting storm“. Fogonazos.blogspot.com. Qaraldi: 2010-yil 27-iyul.
  2. „Catatumbo Lightning – Congo“. Real Travel. 2011-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-iyul.
  3. Varga. „Eternal Thunder: This Place in Venezuela Has the Highest Concentration of Lightning Strikes in the World“. earthlymission.com (2022-yil 19-iyul). Qaraldi: 2022-yil 23-avgust.
  4. Falcon, Nelson (2021-05-21). "Review and Microphysics of the maximum electricity atmospheric activity in the Word: the Catatumbo Lightning (Venezuela)". Journal of Atmospheric Science Research 4 (2). doi:10.30564/jasr.v4i2.2740. ISSN 2630-5119. https://ojs.bilpublishing.com/index.php/jasr/article/view/2740. 
  5. „Catatumbo Lightning“. Wondermondo (2010-yil 21-avgust).
  6. Guttman. „Venezuela's Mysterious Catatumbo Lightning Phenomenon Vanishes for Months, Then Reappears“. ABC News. Qaraldi: 2013-yil 3-yanvar.
  7. Maddicks. „In Venezuela, nature's most electrifying lightning show“ (en). www.bbc.com. Qaraldi: 2022-yil 23-noyabr.
  8. Walker, Alexander (1822). «Part 1». Colombia, relación geográfica, topográfica, agrícola
  9. Alexander von Humboldt and Aimé Bonpland, Viage a las Regiones Equinocciales del Nuevo Continente, volume 2, book V, chapter XVI, page 390, note, Casa de Rosa, Paris, 1826; Ediciones del Ministerio de Educación, 2a. ed., Caracas, 1956
  10. Nicholls, H. (2002-10-17). "Lightning Up, 4 Feb 2010". PLOS Biology (Blogs.ngm.com) 4 (2): e50. doi:10.1371/journal.pbio.0040050. PMID 16464130. PMC 1363710. Archived from the original on 2012-01-29. https://web.archive.org/web/20120129014235/http://blogs.ngm.com/blog_central/2010/02/lightning-up.html. Qaraldi: 2013-02-08. Katatumbo chaqmoqlari]]

Tashqi saytlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]