Kashivazaki (Niigata)
Kashivazaki 柏崎市 | |
---|---|
Shahar | |
37°21′53.5″N 138°33′28.3″E / 37.364861°N 138.557861°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
{{{mintaqa_turi}}} | Chubu viloyati |
Asos solingan | 1889-yil 1-aprel |
Maydon | 44,203 km2 (17,067 kv mi) |
Iqlim turi | nam iqlim |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2020-yil 30-noyabr) |
81 836 |
Zichligi | 187 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 |
Telefon kodi | 0257-23-5111 |
Kashivazaki (yaponcha: 柏崎市 Kashivazaki-shi ) Yaponiyaning Niigata prefekturasida joylashgan shahardir. 2020-yil 30-noyabr holatiga koʻra, shaharda 34.883 ta xonadonda 81.836 nafar aholi istiqomat qilagan, aholi zichligi esa har kvadrat kilometrga 187 kishini tashkil qiladi[1]. Shaharning umumiy maydoni 442,03 kvadrat kilometr (170,67 mi²) ga teng.
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kashivazaki janubiy-markaziy Niigata prefekturasining qirgʻoq mintaqasida joylashgan. Shaharning bir qismi Sado-Yahiko-Yoneyama Kvazi-milliy bogʻi chegara hududiga toʻgʻri keladi. Eng baland joyi Gozu togʻining choʻqqisi boʻlib, uning balandligi 912 metrga teng.
Atrofdagi munitsipalitetlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kashivazaki nam iqlimga ega (Köppen Cfa) boʻlib, issiq va nam yoz hamda sovuq qish faslida kuchli qor yogʻishi bilan ajralib turadi. Kashivazakidagi oʻrtacha yillik harorat 13.5 °C (56.3 °F) ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 2,411.3 mm (94.93 in) boʻlib, dekabr eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 25.7 °C (78.3 °F) atrofida va eng past harorat fevralda, taxminan 2.9 °C (37.2 °F) boʻladi.
Kashivazaki (1991−2020) iqlimi | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Koʻrsatkich | Yan | Fev | Mart | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
Mutlaq maksimal, °C | 18,0 | 22,6 | 23,9 | 30,8 | 32,6 | 34,6 | 37,0 | 38,1 | 37,0 | 35,1 | 27,1 | 22,4 | 38,1 |
Oʻrtacha maksimal, °C | 6,3 | 6,7 | 10,1 | 15,9 | 21,1 | 24,3 | 28,3 | 30,1 | 26,3 | 20,8 | 15,1 | 9,4 | 17,9 |
Oʻrtacha minimal, °C | −0,2 | −0,8 | 1,0 | 5,4 | 11,1 | 16,3 | 20,9 | 21,7 | 17,7 | 11,6 | 5,8 | 1,9 | 9,4 |
Mutlaq minimal, °C | −9,9 | −11,3 | −8,7 | −5,2 | 2,8 | 7,9 | 12,7 | 13,5 | 6,9 | 2,0 | −1,9 | −8,1 | −11,3 |
Yogʻingarchilik meʼyori, mm | 288,4 | 169,3 | 148,6 | 109,1 | 100,9 | 140,6 | 221,5 | 176,4 | 180,5 | 198,7 | 321,0 | 356,2 | 2 411,3 |
Manba: Yaponiya Meteorologiya Agentligi[2][3] |
Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[4], Kashivazaki aholisi soni soʻnggi 30 yil davomida kamayib bormoqda.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1960 | 108,331 | — |
1970 | 94,99 | −12.3% |
1980 | 95,892 | +0.9% |
1990 | 99,265 | +3.5% |
2000 | 97,896 | −1.4% |
2010 | 91,451 | −6.6% |
2020 | 81,526 | −10.9% |
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi Kashivazaki hududi qadimgi Echigo viloyatining bir qismi boʻlib, Hokuriku-do avtomagistralida pochta stansiyasi sifatida rivojlangan. Edo davridagi Yaponiyaning Tokugava syogunati davrida, hozirgi Kashivazaki hududining bir qismi Hori urugʻining kichik boʻlimi tomonidan boshqariladigan kichik fudai feodal domeni boʻlmish Shiiya domenining nazorati ostida saqlangan[5], boshqa qismlari esa bevosita tenryo hududi hisoblangan va kuchli nazorat ostiga olingan. Shuningdek ayrim hududlar Kuvana domenining (Ise viloyati), Kaminoyama domeni (Mutsu viloyati), Nagaoka domeni (Echigo viloyati) yoki Yoita domenining (Echigo viloyati) eksklavlari ham boʻlgan. Hozirgi zamonaviy Kashivazakida Kuvana domenining korxonalari joylashgan edi. Zamonaviy Kashivazaki shahri 1889-yil 1-aprelda Niigata Kariva tumanida munitsipalitetlar tizimini vaqtida tashkil etilgan. Meidzi davrida bu hududda neftning topilishi, shaharda iqtisodiy yuksalish va aholi sonining koʻpayishiga olib keldi. Kashivazaki 1940-yil 1-iyulda shahar maqomiga koʻtarildi. (Bu Niigata prefekturasida paydo boʻlgan beshinchi shahar edi).
1968-yil 1-noyabrda Kashivaza Kurohime qishlogʻini, 1971-yil 1-mayda Kitajjo shahrini (ikkalasi ham Kariva tumanidan) oʻzlashtirib oldi. Shahar 1989-yil 1-aprelda Kakizaki shahrining bir qismini (Nakakubiki tumanidan) va 2005-yil 1-mayda Nishiyama va Takayanagi shaharlarini (ikkalasi ham Kariva tumanidan) anneksiya qildi.
2007-yilgi zilzila
[tahrir | manbasini tahrirlash]2007-yilning 16-iyulida Kashivazaki qirgʻoqlarida 6,8 magnitudali zilzila sodir boʻlib, uning natijasida 11 kishi halok boʻlgan[6] va 700 dan ortiq kishi jarohat olgan, bu esa elektr taʼminotida katta uzilishlar, sunami haqida ogohlantirish va boshqa ofatlarga ham sabab boʻlgan. Zilzila Kashivazaki-Kariva atom elektr stansiyasini 2008-yil may oyidan boshlab 10 oyga yopilishga ham sabachi boʻlgan edi[7][8].
Hukumat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kashivazaki toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 26 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan mer-kengashi boshqaruv shakliga ega. Shahar Niigata prefekturasi assambleyasiga ikki aʼzoni qoʻshish huquqi mavjud. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Niigata 2-okrugi tarkibiga kiradi.
Iqtisodiyoti va sanoati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kashivazaki anʼanaviy ravishda baliq ovlash tijorati, mashinasozlik, shisha idishlar va yogʻochni qayta ishlash markazi boʻlgan. Shaharda Kashivazaki-Kariva atom elektr stansiyasi joylashgan boʻlib, u elektr quvvati reytingi boʻyicha dunyodagi eng yirik yadroviy stansiya hisoblanadi.
Yaponiyadagi yirik qandolatchilik kompaniyasi Bourbonning bosh qarorgohi aynan Kashivazaki shahrida joylashgan[9].
Taʼlim tizimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kollejlar va universitetlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boshlangʻich va oʻrta taʼlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kashivazaki shahrida 27 ta davlat boshlangʻich maktabi va 12 ta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Niigata prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan beshta davlat oʻrta maktabi bunyod etilgan. Prefekturada nogironlar uchun ikkita maxsus taʼlim maktabi ham mavjud.
Transporti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Temir yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]JR Sharqiy yoʻli — Shin'etsu magistral liniyasi
- Yoneyama — Kasashima — Ōmigava — Kujiranami — Kashivazaki — Ibarame — Yasuda — Kitajō — Echigo-Hirota — Nagatori
JR Sharqiy yoʻli — Echigo liniyasi
- Kashivazaki — Higashi-Kashivazaki — Nishi-Nakadōri — Arahama — Kariva — Nishiyama — Raihai — Ishiji
Magistral yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Hokuriku teskor yoʻli — Yoneyama IC, Kashivazaki IC, Nishiyama IC
- Milliy yoʻnalish 8
- Milliy yoʻnalish 116
- Milliy yoʻnalish 252
- Milliy yoʻnalish 291
- Milliy yoʻnalish 352
- Milliy yoʻnalish 353
- Milliy yoʻnalish 460
Qardosh shahar munosabatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- — Emeishan City, Sichuan, Xitoy,[10] 1194-yil 2-avgustdan buyon
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shimoyachi manzilgohi, milliy tarixiy qadamjosi ayni shu shaharda joylashgan. Shuningdek, Kashivazaki har yili koʻplab madaniy tadbirlarga mezbonlik qiladi, jumladan, may oyida Kaze no Jin festivali, iyun oyida En Ma Ichi, iyul oyida DonGALA va iyul oyida Gion festivallari oʻtkaziladi.
Kashivazakining taniqli odamlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Akiko Yajima, ovoz beruvchi aktrisa
- Daisuke Sakaguchi, ovoz beruvchi aktyor
- Hiroki Yagami, manga rassomi
- Ikue Otani, aktrisa
- Ikuo Hirayama, Niigata prefekturasining sobiq gubernatori
- Makiko Tanaka, siyosatchi
- Kakuei Tanaka, siyosatchi va Yaponiyaning 64 va 65-bosh vaziri
- Makoto Ogava, qoʻshiqchi (Morning Musume sobiq aʼzosi)
- Mihiro, qoʻshiqchi va aktrisa
- Motoei Shinzava, manga rassomi
- Tsunesaburo Makiguchi, Soka Gakkai birinchi prezidenti
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Kashiwazaki city official statistics“ (yaponcha).
- ↑ „ja:観測史上1~10位の値(年間を通じての値)“. JMA. Qaraldi: 24-mart 2022-yil.
- ↑ „ja:気象庁 / 平年値(年・月ごとの値)“. JMA. Qaraldi: 24-mart 2022-yil.
- ↑ „Kashiwazaki population statistics“. citypopulation.de. Qaraldi: 14-mart 2019-yil.
- ↑ „Hokuriku“ (yaponcha). asahi-net.or.jp. 2017-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-noyabr.
- ↑ Kashiwazaki, Japan Earthquake of July 16, 2007 Alex K. Tang, PE and Anshel J. Schiff: . Reston, VA: ASCE, Technical Council on Lifeline Earthquake Engineering, 2007. ISBN 9780784410622. Qaraldi: 13-iyul 2012-yil. (Wayback Machine saytida 2013-09-28 sanasida arxivlangan)
- ↑ Kwok. „Japanese Stocks Hit By Aftershocks Of Quake“. Forbes (17-iyul 2007-yil). 2008-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-mart 2019-yil.
- ↑ McErlain. „More on the Japan Quake and the Kashiwazaki-Kariwa Nuclear Plant“. NEI Nuclear Notes. Nuclear Energy Institute (17-iyul 2007-yil). Qaraldi: 14-mart 2019-yil.
- ↑ „BOURBON: Company Profile: Manufacturing Quality Headquarters“. Bourbon Corporation Japan. 2015-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-mart 2019-yil.
- ↑ „International Exchange“ (inglizcha). List of Affiliation Partners within Prefectures. Council of Local Authorities for International Relations (CLAIR). 2016-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-iyul 2016-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rasmiy veb -sayt (yaponcha)