Kalomel
Qiyofa
Kalomel (yunoncha. kalos — chiroyli va melas — qora),simob(1)-xlorid, Hg2Cl2 — oq yoki rangsiz mayda kristallardan iborat ogʻir poroshok. Oʻtkir ishqorlar yoki ammiak taʼsirida qorayadi (nomi shundan olingan). Suvda oz eriydi. Spirt va efirda erimaydi, yorugʻda sekin parchalanadi. Simobli zaxiralarning oksidlanishidan hosil boʻladi. Zichligi 7,160 g/sm3; suyuqlanmay bugʻlanadi; bugʻlanish temperaturasi 383,7°. K. kalomel elektrodlar tayyorlashda, organik reaksiyalarda katalizator sifatida, koʻz muguz pardasi kasalligida va blennoreyat, venerik kasalliklardan saqlanishda surtma, shuningdek, siydik haydovchi dori sifatida qoʻllanadi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |