Kontent qismiga oʻtish

Juzjoniy Abu Umar Minxojiddin Usmon ibn Sirojiddin

Vikipediya, erkin ensiklopediya

JUZJONIY (Jurjoniy) Abu Umar Minxojiddin Usmon ibn Sirojiddin (11931262) — oʻrta asr tarixchisi. Asli eronlik boʻlib, Hindistonda yashagan. Dehli sultoni Nosiriddin Mahmudga bagʻishlab "Tabaqoti Nosiriy" ("Nosir turkumlari") nomli tarixiy asar yozgan. Bu uning eng yirik asari boʻlib, u kichik muqaddima va umaviylar, abbosiylar, tohiriylar, safforiylar, somoniylar, gʻaznaviylar, saljuqiylar, sanjariylar, xorazmshohlar tarixiga oid 23 tabaqa (turkum, boʻlim)dan iborat. J. ushbu asarining bir qismini tarixiy asarlarga, surishtirib bilgan voqealarga asoslanib yozgan. Asar moʻgʻullarning Xorazmga yurishi, Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdining Gʻaznaga kelishi, Hindistonning bu davrdagi siyosiy va diplomatik munosabatlari haqida ham maʼlumot beradi. Uning 1963—64 yillarda 2 jildda bosilgan Kobul nusxasi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik intida saqlanadi (inv. № 1658).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil