Kontent qismiga oʻtish

Jessica Landström

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jessica Landström
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jessica Elin Maria Landström[1]
Tavallud sanasi 12-dekabr 1984-yil (1984-12-12) (40 yosh)
Tavallud joyi Nacka, Shvetsiya
Boʻyi 1.80 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Mukofotlari

|- ! colspan="3" style="text-align:center;vertical-align:middle;background-color:#eeeeee;" | Women's football

|- ! colspan="3" style="text-align:center;vertical-align:middle;background-color:#eeeeee;" class="adr" | Shvetsiya bayrogʻi Shvetsiya vakili

|- ! colspan="3" style="text-align:center;vertical-align:middle;background-color:#cccccc;" | FIFA Women's World Cup

|-

| style="text-align:center;vertical-align:middle;background-color:#cc9966" | Bronza|| style="text-align:center;vertical-align:middle;" | 2011 Germany|| style="text-align:center;vertical-align:middle;" | Team
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1995—1997 Lira Luleå BK
1998—1999 Vallentuna BK
2000 Täby FF
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2001—2004 Djurgårdens IF
2005—2007 Hammarby IF DFF
2007—2009 Linköpings FC 39 (23)
2010 Sky Blue FC 9 (0)
2010—2012 1. FFC Frankfurt 29 (9)
2012 Djurgårdens IF 15 (6)
2013 Kopparbergs/Göteborg FC 19 (0)
Milliy terma jamoa
2005—2007 Shvetsiya U-23 9 (3)
2007—2012 Shvetsiya[2] 64 (19)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Jessica Elin Maria Landström (1984-yil 12-dekabr) - sobiq shved futbol hujumchisi, 2008-yilgi Olimpiya futbol turnirida, 2009-yilgi UEFA ayollar chempionatida va 2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida Shvetsiya ayollar futbol terma jamoasi tarkibida oʻynagan. Klub darajasida u Damallsvenskanning Djurgårdens IF, Hammarby IF DFF, Linköpings FC va Kopparbergs/Göteborg FC jamoalarida oʻynagan. Germaniyaning Frankfurt FFC va AQShning Sky Blue FC klublari bilan shartnma imzolagan.

Klubdagi karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faoliyatini Djurgårdensda toʻrt yillik faoliyati bilan boshlagan Landstryom 2005—2007-yillarda Hammarby IF DFFda hujumchi sifatida oʻynagan. Shvetsiya terma jamoasidagi debyuti va birinchi golidan bir necha hafta oʻtgach, u Linköpings FC tomonidan ketgan Frida Östberg oʻrniga shartnoma imzolanib oʻz tarkiblariga qoʻshib olishgan[3]. Transfer uning maoshini qariyb olti baravarga koʻpaytirdi; Hammarbi bilan birga boʻlganida, u oyiga taxminan 500 dollar ishlab topgan, u Linköpingsda oʻynab, 3000 dollargacha pul ishlagan[4]. U bu transfer 2008-yil Pekin Olimpiadasida boʻladigan milliy terma jamoada oʻz oʻrnini qoʻlga kiritishga yordam beradi degan niyatda boʻlgan.

Landstryom 2008-yilda 17 oʻyinda 11 ta gol urdi va 2009-yilgi mavsumda ham Linköpingsda qolishga qaror qildi[5] bu mavsumda klub liga va kubokni oʻzlariniki qilishdi. U Shvetsiya kubogi finalida 2:0 hisobida gʻalaba qozongan Umea darvozasiga gol urgan[6].

2009-yil noyabr oyida Landström Amerikaning WPS jamoasi Sky Blue FC bilan professional shartnoma imzoladi[7]. Sky Blue uchun toʻqqizta oʻyindan uchtasini asosiy tarkibda boshlaganidan soʻng, 2010-yil iyul oyida Frankfurt FFC bilan ikki yillik shartnomani imzolagan. U Amerika klubini yetakchilik yetishmasligi uchun tanqid qildi va Germaniyada oʻynash ayollar oʻrtasidagi 2011-yilgi Jahon chempionatiga yaxshiroq tayyorgarlik koʻrishiga umid bildirdi[8].

Landström 2012-yilning aprel oyida Djurgårdensga qaytish boʻyicha kelishuvga rozi boʻldi, ammo Frankfurt hali ham UEFA Ayollar Chempionlar Ligasida ishtirok etayotganligi sababli, nemis klubi uning mavsum oxirigacha[9] qolishini talab qildi va oxir-oqibat unga klubni tark etishga ruxsat berildi.

2012-yilgi mavsum oxirida Djurgårdens quyi ligaga tushib ketganida, Landström Kopparbergs/Göteborg FK ga oʻtdi. U Tyresö FFga ketgan Gyoteborgning eng yaxshi toʻpurari Kristen Pressning oʻrniga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma imzoladi[10]. Göteborgni tark etgach, Landstryom 2014-yilda oʻynamadi, lekin 2015-yilgi mavsum oldidan sobiq klubi Hammarbi bilan mashgʻulot oʻtkazgan[11].

Xalqaro karyera

[tahrir | manbasini tahrirlash]

15 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi mintaqaviy turnirda eng yaxshi toʻpurar boʻlganidan soʻng, u yoshlar terma jamoalariga chaqiruv olmadi[12]. U 2007-yil 8-noyabrda Daniyaga qarshi Shvetsiya terma jamoasi safida debyut qildi, 4 – 2 hisobidagi gʻalabaga erishilgan oʻyinda oʻzining birinchi xalqaro golini urdi[13]. U 21va 23 yoshlilar terma jamoasida ham oʻynagan.

Landström Jahon kubogi bronza medali bilan

U 2008-yilgi Olimpiada oʻyinlari uchun murabbiy Tomas Dennerbining tarkibiga kiritilgan. Bu uning birinchi yirik chempionligi edi va u birinchi navbatdagi hujumchilar Lotta Shelin va Viktoriya Sandell Svensson bilan birga oʻynashni xohladi. Landstryom Xitoyda toʻrtta oʻyinda maydonga tushdi va UEFA Ayollar Yevro-2009 milliy terma jamoasidagi oʻrnini saqlab qoldi[14].

2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida Landstryom guruh bosqichida Kolumbiya ustidan gʻalaba keltirgan golni[12] urdi, Shvetsiya yarim finalga chiqdi. U Shvetsiyaga Frankfurtda yakunda gʻolib boʻlgan Yaponiyaga 3 – 1 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda zaxiradan maydonga tushgan. Shvetsiya Sinsheymda Fransiyani 2 – 1 hisobida magʻlub etib, uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi, bu oʻyinda Landstryom zaxirada qolgan.

Landström 2012-yilgi London Olimpiadasida Shvetsiya terma jamoasiga kiritilgan, ammo oʻynamagan[15].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Professional futbolchi boʻlishdan oldin u mashinasozlik boʻyicha magistraturada oʻqigan[16].

Shvetsiya Djurgårdens IF

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Damallsvenskan[17] (2): 2003, 2004
  • Svenska Kupen (1): 2004-yil

Shvetsiya Linköpings FK

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Damalsvenskan (1): 2009-yil
  • Svenska Kupen (2): 2008, 2009
  • Superkubok (1): 2009-yil

Germaniya Frankfurt FFC

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Germaniya kubogi (1): 2010–11

Shvetsiya |Kopparbergs/Göteborg FK

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Superkubok (1): 2013-yil

Shaxsiy yutuqlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Shvetsiyada yilning eng yaxshi futbolchisi[18](1): 2008-yil
  1. „Goalscorers“. UEFA. Qaraldi: 18-sentabr 2011-yil.
  2. „Damlandslagsspelare 1973–2014“ (shvedcha). Swedish Football Association. Qaraldi: 4-may 2015-yil.
  3. Anders Nilsson. „Jessica Landström till LFC“. linkopingfc.com. Qaraldi: 24-oktabr 2007-yil.
  4. Mats Bråstedt. „Löneklippet“. expressen.se. Qaraldi: 11-dekabr 2007-yil.
  5. „Jessica Landström stannar i Linköping“ (shvedcha). Expressen (7-noyabr 2008-yil). Qaraldi: 4-may 2015-yil.
  6. Dutt, Sujay. „Linköping beat Umeå for Swedish Cup“. UEFA (14-oktabr 2009-yil). Qaraldi: 4-may 2015-yil.
  7. „Sky Blue FC Adds Swedish International Jessica Landström“. NJ.com (1-dekabr 2009-yil). Qaraldi: 23-sentabr 2021-yil.
  8. Av Jens Brandberg. „Landström bryter kontraktet - klar för Frankfurt“ (shvedcha). Expressen (21-iyul 2010-yil). 5-iyul 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-sentabr 2011-yil.
  9. „1. FFC Frankfurt rejects Jessica Landström early release from contract to join Djurgårdens“. Women's Soccer United (8-aprel 2012-yil). 7-aprel 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-aprel 2012-yil.
  10. „Landström in for Press at Göteborg“. UEFA (7-yanvar 2013-yil). Qaraldi: 25-may 2013-yil.
  11. Bråstedt, Mats. „Landström funderar på en comeback“ (shvedcha). Expressen (8-yanvar 2015-yil). Qaraldi: 4-may 2015-yil.
  12. 12,0 12,1 „Sweden's striking duo“. FIFA (1-iyul 2011-yil). 3-iyul 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-sentabr 2011-yil.
  13. Johan Lundell. „Sverge körde över Danmark“. SVT.se. 9-noyabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-oktabr 2007-yil.
  14. „Jessica Landström“. UEFA (10-sentabr 2009-yil). Qaraldi: 4-may 2015-yil.[sayt ishlamaydi]
  15. „Women's Olympic Football Tournament London 2012 – List of Players Sweden“. FIFA (24-iyul 2012-yil). 4-avgust 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-may 2013-yil.
  16. Magda Gad. „Jessica Landström, Årets nykomling“ (shvedcha). QX (18-noyabr 2008-yil). Qaraldi: 18-sentabr 2011-yil.
  17. http://www.difarkivet.se/dif_sm_guld_seniorer.pdf (Wayback Machine saytida 30-iyun 2019-yil sanasida arxivlangan) [formatsiz URL PDF]
  18. „Övriga utmärkelser — fogis.se“.