Kontent qismiga oʻtish

Jessica Jung

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jessica Jung
Tavalludi
Jessica Sooyoun Jung

18-aprel 1989-yil (1989-04-18) (35 yosh)
San Francisco, California, U. S.
Fuqaroligi AQSh va Koreya Respublikasi
Kasbi
  • Qoʻshiqchi
  • qoʻshiq muallifi
  • aktrisa
  • muallif
  • biznes ledi

Jessica Jung (Jessica Sooyoun Jung) 1989-yil 18-aprelda tavallud topgan[1][2]. Jessika mononimi bilan ham tanilgan qoʻshiqchi, aktrisa, ijodkor shoira va ishbilarmon ayol[3][4]. Jessica Janubiy Koreyadagi Girls' Generation qizlar guruhining sobiq aʼzosi sifatida faoliyat yuritadi. Jung aktrisa sifatida 2010-yilda „Legally Blonde“ musiqiy filmining koreyscha versiyasida Elle Vuds rolini ijro etgan hamda 2012-yilda „Wild Romance“ televizion dramasida rol oʻynagan. 2014-yil boshida u „Blanc & Eclare“ moda brendini yaratgan. Oʻsha yilning oxirida u guruh hamda shaxsiy biznes faoliyati oʻrtasidagi ziddiyatlar paydo boʻlgani sababli „Girls' Generation“dan ishdan chetlatilgan. Ishdan boʻshatilgandan soʻng, Jessica „SM Entertainment“ bilan shartnomasini tugatgan hamda 2016-yilda oʻzining birinchi „With Love, J“ yakkaxon albomi chiqarilishidan oldin „Coridel Entertainment“ bilan shartnoma imzolagan. 2018-yil may oyida Jessica „United Talent Agency“ bilan shartnoma tuzgan[5]. Uning debyut eng koʻp sotilgan „Shine“ romani 2020-yil sentyabr oyida dunyo yuzini koʻrgan[6].

Yoshlik yillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jessika Jung San-Fransiskoda dunyoga kelgan. Janubiy Koreyada taʼtilda boʻlganida, Jessika hamda singlisi Kristalni „SM Entertainment“ aʼzosi savdo markazida koʻrib qolgan. Shundan soʻng, 2000-yilga kelib Jessika ham kompaniya aʼzosiga aylangan. U Koreyaning „Girls' Generation“ guruhining bir qismi sifatida debyut qilishdan oldin yetti yil stajyor vazifasini bajargan. Jessika oʻsmirlik davrida „Koreya Kent“ xorijiy maktabida tahsil olgan.

Jessika 2013-yilda MBC Gayo Daejejundagi chiqish paytida „Girls' Generation“ aʼzosi sifatida.

Jessika 2000-yilda „SM Entertainment“ bilan shartnoma imzolagan „Girls' Generation“ guruhining ilk aʼzosi boʻlgan. 2007-yil 5-avgustda debyut qilgan toʻqqiz kishidan iborat qizlar guruhining aʼzosi sifatida tanlangan. Guruh faoliyatidan tashqari, Jessika Seohyun va Tiffani bilan ikkita singl chiqarishga muvaffaq boʻlgan: „Love Hate“ va „Mabinogi“. Jessika „8Eight“ bilan 2008-yil 3-martda chiqarilgan „Infinity“ nomli ikkinchi albomidagi „I Love You“ qoʻshigʻi uchun hamkorlikni yoʻlga qoʻygan. Shuningdek, uning turli duetlari ham mavjud- biri „Shinee“ jamoasi aʼzosi Onew bilan „One Year Later“ deb nomlangan va biri Park Myung-soo bilan „Naengmyeon“ taronalari shunga misol. U Super Juniordan Leeteuk, Sungmin, Donghae, Siwon, Ryeowook va Kyuhyun va guruh aʼzolari Taeyeon, Sunny, Sooyoung va Seohyun bilan birga „Seoul Song“ qoʻshigʻini kuylashgan. Jessika oʻzining musiqiy teatrdagi debyutini Janubiy Koreyaning „Legally Blonde“ filmida, Li Xa-nui va Kim Ji-Vu bilan birga ijro etgan. Oʻsha yili u „Infinity Challenge“ shousining yozgi maxsus dasturida alohida taklif qilingan hamda Jessika Park Myung-soo bilan „Naengmyun“ nomli duet kuylash uchun munosib koʻrilgan[7].

2010-yil mart oyida SBS (Seul radioeshittirish tizimi)ning Oh! My Lady dasturida kamo rolini bajargan. 2010-yil may oyida Jessica „Happy Birthday“ shousining doimiy mehmoniga aylangan, u 2010-yil 7-iyunda „Girls' Generation“ ning chet eldagi faoliyati tufayli oʻz faoliyatini tark etgan. Jessika hamkasbi Yuriy bilan „Star King“ shousining doimiy mehmoni boʻlishgan. Jessika 2010-yil 13-oktyabrda „Sweet Delight“ nomli raqamli singlni chiqargan. 2011-yilda Jessica KBS telekanalining „Romans Town“ dramasi saundtrekida „Because Tears Are Overflowing“ (koreyscha: 눈물이 넘쳐서) qoʻshigʻi bilan ishtirok etgan[8]. Jessika 2012-yilda „Wild Romance“ filmida aktrisalik debyutini qilgan[9].

Jung Singapurdagi „SHINE 2017“ festivalida

Oʻsha yili Jessika Jung Eun-ji va Choi Vuri bilan birga Legally Blonde bilan yana musiqiy teatrga qaytgan. Uning birinchi chiqishi 28-noyabr kuni boʻlib oʻtgan. Oʻsha yili Jessika „What to Do“ „Wild Romance“ dramasi uchun, „Butterfly“ „To The Beautiful You“ filmi uchun, „The Kingʻs Dream“ uchun „My lifestyle“ni kuyladi[10].

2015-2016: Aktyorlik va yakka debyutlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilda Jessika Uilyam Chan va Nikolas Tse bilan bir qatorda „I Love That Little Thing“ nomli xitoylik romantik komediya filmida bosh roldagi ayol ekanligi maʼlum qilindi[11]. Film 2016-yil avgust oyida chiqdi. Ushbu filmdan soʻng Jessika Chan bilan hamkorlikda „Love! Love! Aloha!“ filmida rol ijro etgan. 2015-yilning 6-avgustida „SM Entertainment“ kompaniyasi va „Girls' Generation“ guruhining sobiq aʼzosi rasman ayrilgani haqida rasmiy bayonotini maʼlum qiladi[12]. Keyingi yilda esa Jessika Stiven Marberi haqidagi „My Other Home“ nomli avtobiografik filmida Marberining oʻzi bilan birga bosh qahramon ayol rolini ijrochisi ekanligini taʼkidlab oʻtdi[13]. shu bilan birga, Ki Hong Li bilan birga „Two Bellmen Three“ qisqa komediyasida rol oʻynadi.

2017-yilning 14-aprelida Coridel Entertainment bir qator tizer rasmlarini chiqargan, ular Jessika 2017-yil 18-aprelda „Because Itʼs Spring“ nomli raqamli singli bilan yilning birinchi qaytishini amalga oshirishga tayyorligini tasdiqlagan[14].

  1. 吳睿慈. „Jessica隱藏10年公佈!「我的本名其實不是鄭秀妍」“. ETNEWS (29-iyul 2017-yil). 13-oktabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-iyul 2017-yil.
  2. „The birth of Jessica Jung“. California Birth Index. 28-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-dekabr 2020-yil.
  3. „http://people.search.naver.com/search.naver?where=nexearch&sm=tab_ppn&query=%EC%A0%9C%EC%8B%9C%EC%B9%B4&os=145075&ie=utf8&key=PeopleService“ (ko). people.search.naver.com. 26-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-dekabr 2017-yil.
  4. „Jessica (제시카, American musical actor/ress, actress, singer)“ (inglizcha). HanCinema. 22-dekabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-dekabr 2017-yil.
  5. „Jessica Jung, Formerly of Girls' Generation, Signs With Talent Agency UTA“ (7-may 2018-yil). 8-may 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-may 2018-yil.
  6. admin. „Shine, by ex-SNSD Jessica, enters the New York Times Best Sellers | En24 News“ (inglizcha). 9-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-oktabr 2020-yil.
  7. „http://media.daum.net/breakingnews/view.html?cateid=1032&newsid=20090719153005807&p=mydaily“ (ko). daum.net (19-iyul 2009-yil). 27-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-aprel 2016-yil.
  8. „제시카 로맨스타운 OST 공개, 네티즌 "너무 달콤하다"“ (koreyscha). Financial News (18-may 2011-yil). 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-may 2015-yil.
  9. Park, Young Woong. „Violent Romance, SNSD's Jessica and Lee Dong Wook have a romantic date“. StarNews (15-fevral 2012-yil). 26-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-fevral 2015-yil.
  10. „Jessica Jung - IMDb“. imdb.com. 26-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-mart 2017-yil.
  11. „[SS차이나톡 "소녀 느낌 물씬" 제시카, 풋풋한 매력 발산“] (koreyscha). entertain.naver.com (20-iyun 2016-yil). 13-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-mart 2017-yil.
  12. „Singer Jessica quits SM Entertainment“. The Korea Times (6-avgust 2015-yil). 10-avgust 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-avgust 2015-yil.
  13. Hendricks. „Meet the Korean pop star who'll help tell Stephon Marbury's life story“. New York Post (19-aprel 2016-yil). 25-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-aprel 2016-yil.
  14. Kim, Sol-ji. „Kim Sol-ji“ (koreyscha). entertain.naver.com (14-aprel 2017-yil). 18-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-aprel 2017-yil.