Kontent qismiga oʻtish

Jean-Alain Boumsong

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jean-Alain Boumsong
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jean-Alain Boumsong Somkong
Tavallud sanasi 14-dekabr 1979-yil (1979-12-14) (45 yosh)
Tavallud joyi Douala, Kamerun
Boʻyi 1.91 m
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1997—2000 Le Havre 42 (1)
2000—2004 Auxerre 131 (3)
2004—2005 Rangers 18 (2)
2005—2006 Newcastle United 47 (0)
2006—2008 Juventus 33 (2)
2008—2010 Lyon 59 (2)
2010—2013 Panathinaikos 52 (5)
Milliy terma jamoa
2003—2009 Fransiya 27 (1)
Boshqargan klublari
2018—2019 Kamerun (Yordamchi)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Jan-Alain Boumsong Somkong (talaffuzi: Jan Alen Bumsong) (1979-yil 14-dekabrda tugʻilgan) — fransiyalik sobiq professional futbolchi, himoyachi sifatida oʻynagan.

Klubdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshlik yillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boumsong Kamerunning Duala shahrida tugʻilgan va oʻz faoliyatini AJ Auxerrega qoʻshilishdan oldin Fransiyaning Le Gavr jamoasida boshlagan. U 2003-yil Fransiya kubogi finalida Parij Sen-Jermenga qarshi oʻyinning 89-daqiqasida Oserning 2:1 hisobidagi gʻalaba golini kiritgan.

Boumsong 2004-yilda „Rangers“ga oʻtgan va besh yillik shartnoma imzolagan[1][2].

Boumsong Shotlandiya oʻyiniga tezda moslashgan va markaziy himoyachi sifatida oʻz mahoratini namoyish etgan, 2004/05-yilgi mavsumning yarmida "Newcastle" yangi bosh murabbiyi Grem Souness futbolchi uchun 8 million funt sterling taklif qilgan, Rangers esa 2005-yil yanvarida transfer oynasi ochilgandan soʻng futbolchini sotib yuborgan.

Boumsong jamoa bilan 5 yillik shartnoma imzolagan[3].

8 million funt sterlinglik transfer bahosi koʻpchilikni hayratda qoldirgan[4], chunki futbolchi bir necha oy oldin „Rangers“ga erkin agent sifatida qoʻshilgan edi.

Uning „Nyukasl“dagi mavsumi unchalik yaxshi qabul qilinmagan. Boumsongning himoya qobiliyatidagi pasayish tufayli koʻpincha gol oʻtkazib yuborishda aybdor hisoblangan.

2006-yil 22-avgustda Boumsong 3,3 million funt sterling evaziga „Juventus“ jamosiga qoʻshilgan. 2006-yil sentyabr oyida Boumsong oʻzining „Juventus“ tarkibidagi birinchi golini „Krotone“ga qarshi oʻyinda kiritgan va „Juventus“ 3:0 hisobida gʻalaba qozongan. Qolgan ikkita golga Valeriy Bojinov mualliflik qilgan. Boumsongning „Juventus“ bilan soʻnggi oʻyini 2008-yil 23-yanvarda „Internasionale“ga qarshi Italiya kubogi doirasida boʻlib oʻtgan.

2008-yil 24-yanvarda Boumsong uch yarim yillik shartnoma asosida Fransiyaning „Olimpique Lyonnais“ klubiga oʻtdi[5][6].

U klubdagi debyutini 2008-yil 8-fevralda „Stad de Gerland“da „Sochaux“ga qarshi oʻyinda (4:1) oʻtkazgan.

Panathinaikos

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yil 30-iyulda Boumsong „Olimpique Lyonnasi“dan Gretsiya Superliga chempioni „Panathinaikos“ klubiga oʻtgan. U Gretsiya klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi va yiliga 1,9 million yevro maosh olishini kelishib olgan[7].

2012-yilda Boumsong klub bilan yana ikki yillik shartnoma imzolagan va „Panathinaikos“dagi faoliyatini 2014-yilgacha uzaytirgan[8]. Yozda Boumsong 2012/13-yilgi mavsum uchun klub vitse-sardori deb eʼlon qilingan. U 2012/13-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi uchinchi saralash bosqichining birinchi oʻyinida Motherwellga qarshi oʻyinda gʻalaba golini kiritgan[9].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boumsong Fransiya terma jamoasidagi debyutini 2003-yilning 20-iyunida Yaponiyaga qarshi oʻtkazgan.

U 2006-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida oʻzini milliy terma jamoada muntazam boshlangʻich oʻyinchi sifatida koʻrsatgan va 2006-yilgi Jahon chempionati uchun terma jamoaga chaqirilgan, ammo Lilian Thuramning safga qaytishi sababli musobaqa davomida maydonga tushmagan.

Boumsong Yevro-2008da atigi bitta oʻyinda maydonga tushgan, oʻshanda Fransiya va Italiya terma jamoalari oʻrtasidagi guruh oʻyinida Samir Nasrini oʻrniga oʻyinga qoʻshilgan. Nasrining oʻzi atigi 16 daqiqa oldin jarohatlangan Franck Riberyning oʻrniga maydonga tushgan edi, ammo markaziy himoyachi Erik Abidal maydondan chetlatilgach, fransiyalik murabbiy Raymon Domenek himoyachi Bumson uchun yarim himoyachi Nasrini maydondan olgan.

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Liga Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Le Havre 1997—1998 Liga 1 1 0 - - 1 0
1998—1999 Liga 1 18 1 2 0 2 0 - - 22 1
1999—2000 Liga 1 23 0 1 0 - - 24 0
Jami 42 1 2 0 3 0 0 0 - 47 1
Auxerre 2000—2001 Liga 1 32 0 2 0 2 0 - 36 0
2001—2002 Liga 1 34 1 2 0 - - 36 1
2002—2003 Liga 1 33 1 1 1 1 0 6 0 - 41 2
2003—2004 Liga 1 32 1 2 0 1 0 - 35 1
Jami 131 3 1 1 7 0 9 0 - 148 4
Rangers 2004—2005 Shotlandiya Premyer Ligasi 18 2 6 0 - 24 2
Newcastle United 2004—2005 Premyer League 14 0 1 0 - - - 15 0
2005—2006 Premyer League 33 0 1 0 - - - 34 0
Jami 47 0 2 0 - - - 49 0
Juventus 2006—2007 Seriya B 33 2 - - - - 33 2
2007—2008 Seriya A 0 0 3 1 - - - 3 1
Jami 33 2 3 1 - - - 36 3
Lyon 2007—2008 Liga 1 8 0 4 0 0 0 1 0 - 13 0
2008—2009 Liga 1 32 1 3 1 0 0 8 0 - 43 2
2009—2010 Liga 1 19 1 2 1 2 0 6 0 - 29 2
Jami 59 2 9 2 2 0 15 0 - 85 4
Panathinaikos 2010—2011 Grtesiya Super Ligasi 21 1 1 0 - 5 0 4 0 31 1
2011—2012 Grtesiya Super Ligasi 17 3 - - 4 2 6 0 27 5
2012—2013 Grtesiya Super Ligasi 14 1 1 0 - 4 0 1 0 20 1
Jami 52 5 2 0 - 13 2 11 0 78 7
Karyerada jami 382 15 19 4 12 0 43 2 11 0 467 21

Xalqaro maydondagi gollari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jean-Alain Boumsong tomonidan kiritilgan gol
# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2003-yil 11-oktyabr Stad de Frans, Sen-Deni  Isroil 3-0 3-0 Yevro-2004 saralashi

Auxerre

  • Fransiya kubogi : 2002—2003

Rangers

  • Shotlandiya Premer-ligasi : 2004—2005

Juventus

  • B seriya : 2006—2007

Lyon

  • Liga 1: 2007—2008
  • Fransiya kubogi: 2007—2008
  1. „Rangers sign Boumsong on a free contract“. The Irish Times (14-dekabr 2003-yil). Qaraldi: 17-avgust 2020-yil.
  2. „Rangers seal Boumsong deal“. BBC Sport (14-dekabr 2003-yil). Qaraldi: 17-avgust 2020-yil.
  3. Walker, Michael. „Newcastle pay £8m for Boumsong“. The Guardian (1-yanvar 2005-yil). Qaraldi: 17-avgust 2020-yil.
  4. Walker, Michael. „Football: Newcastle relaxed about police raids | Football“. The Guardian (17-iyul 2007-yil). Qaraldi: 13-yanvar 2010-yil.
  5. „Soccer-Roundup 3-Boumsong leaves Juventus for Lyon | Reuters“. Uk.reuters.com (26-yanvar 2008-yil). 2009-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-yanvar 2010-yil.
  6. „Juventus – Boumsong: I Love Juve & Am Sad To Leave“. Goal.com. Qaraldi: 13-yanvar 2010-yil.
  7. UEFA.com. „Boumsong follows Govou to Panathinaikos“. UEFA.com (30-iyul 2010-yil).
  8. „Jean-Alain Boumsong extends Panathinaikos contract“. Inside Futbol (11-iyul 2012-yil).
  9. „Motherwell-Panathinaikos 2013 History | UEFA Champions League“.