Jaroslav Sakala
Jaroslav Sakala | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | (erkak) |
Tavallud sanasi |
14-iyul 1969-yil Krnov |
Sport | |
Qaysi sport | (Chang'ida sakrash) |
Jaroslav Sakala — (1969-yil 14-iyulda tugʻilgan) sobiq changʻi sportchisi hisoblanadi, Chexoslovakiya va Chexiya uchun kurashgan[1].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sakala 1989-yil 15-yanvarda Xarrachovda oʻzining birinchi Jahon kubogi musobaqasida ishtirok etgan. Uning birinchi katta muvaffaqiyati 1992-yilda Albertvilda boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiada oʻyinlarida katta tepalikdagi bronza medali qoʻlga kiritishi hisoblanadi. Sakala 1992—1993-yilgi mavsumda changʻidan sakrash boʻyicha Jahon kubogida ikkinchi, keyingi mavsumda esa toʻrtinchi oʻrinni egallagan[2].
Jaroslav 1993-yilda Falunda boʻlib oʻtgan Shimoliy changʻida sakrash boʻyicha Jahon chempionatida uchta medalni qoʻlga kiritgan, yakka tartibdagi oddiy tepaliklarda kumush va yakka va jamoaviy katta tepaliklarda bronza medallari bilan taqdirlangan. Sakala Jahon kubogidagi ilk gʻalabasini 1993-yil 30-yanvarda Planikada qoʻlga kiritgan. Uning oddiy changʻida sakrash boʻyicha yagona gʻalabasi 1994-yil 16-yanvarda Liberetsda boʻlgan. Sakala 1994-yil 20-martda Planika shahrida toʻrtinchi va soʻnggi Jahon kubogi gʻolibi hisoblanadi. Changʻi uchish boʻyicha jahon chempionatida gʻolib boʻlib, 200 metrlik toʻsiqni birinchi boʻlib buzib oʻtgan chex changʻichisi boʻlgan. U keyingi yillarda bu muvaffaqiyatlarini davom ettira olmagan va 1996-yildan keyin changʻida sakrash boʻyicha medallarni qoʻlga kirita olmagan. Sakala 1996-yildan 2002-yilgacha faoliyatini yakunlagunigacha changʻida uchish musobaqalariga tez-tez qatnashgan.
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asosan 1992-yildan 1994-yilgancha eng yaxshi formadagi davrini oʻtkazgan va deyarli 50 foizlik natijalarni ushu yillar oraligʻidagi mavsumlarda qoʻlga kiritgan. Faoliyatini katta tepalikda uchishga qaratgan Sakalaga omad unchalik ham kulib boqmagan.
Tartib raqam | Mavsum | Sana | Manzil | Tepalik | Hajmi |
---|---|---|---|---|---|
1 | 1992—1993-yil | 1993-yil 30-yanvar | Tauplitz/Bad Mitterndorf | Kulm K185 | FH |
2 | 1993-yil 31-yanvar | Tauplitz/Bad Mitterndorf | Kulm K185 | FH | |
3 | 1993—1994-yil | 1994-yil 16-yanvar | Liberec | Jestěd A K120 | LH |
4 | 1994-yil 20-mart | Planica | Velikanka bratov Gorišek K185 | FH |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Første kvinne passerte 200m i Kulm Skihopp.no. 29 January 2003
- ↑ „Fußball: Iraschko-Stolz hätte sich Nationalteam-Karriere zugetraut“ (4-iyul 2017-yil).[sayt ishlamaydi]