Ivan Vazov
Qiyofa
Ivan Minchov Vazov (1850. 9. 7, Sopot - 1921. 22. 9, Sofiya) — bolgar yozuvchisi, jamoat arbobi. V.ning asosiy nazmiy asarlaridan biri "Rad etilganlar epopeyasi" (1881—84) vatanparvarlik ruhi bilan yoʻgʻrilgan tarixiy mavzudagi liro-epik poemalar turkumidan iborat. "Zulm ostida" (1889—90) romani milliy ozodlik kurashi toʻgʻrisida. Koʻpgina Yevropa tillariga tarjima qilingan bu roman jahon adabiyotining sara asarlaridandir. 90-yillar boshida V. ijodidagi tarixiy-qahramonlik mavzusi ijtimoiy fosh etuvchi mavzu bilan almashadi ("Yangi yer",1896; "Kazalar malikasi" romanlari, 1903). U oʻrta asrdagi Bolgariya hayotidan tarixiy dramalar, shuningdek "Shuhratga nomzodlar" (1901), "Yogʻliq joy axtaruvchilar" (1903) komediyalarini yozdi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |