Intuitive Machines
Turi | biznes va kompaniya |
---|---|
Qachon asos solingan | 2013 |
Joylashuvi | Hyuston (Texas) AQSH |
Asoschi(lari) | Kam Ghaffarian |
Vebsayti | https://intuitivemachines.com |
Intuitive Machines — Amerikaning kosmik texnologiyalar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi. Kompaniya 2024-yil fevralida IM-1 missiyasi doirasida Oyga ilk parvozini amalga oshirgan Nova-C qoʻnuvchi qurilmasini ishlab chiqqan[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kompaniya 2018-yil noyabr oyida NASA tomonidan Commercial Lunar Payload Services (CLPS) dasturi doirasida 9 ta kompaniyadan biri sifatida tanlab olindi[2]. Kompaniyaning Nova-C oʻzi qoʻnuvchi moduli NASA tomonidan Oyning tabiiy resurslarini oʻrganish va ulardan foydalanishga qaratilgan ushbu dasturning birinchi loyihasi sifatida taklif qilingan.
2019-yil 31-may kuni NASA Intuitive Machines kompaniyasiga Nova-C qoʻnuvchi qurilmasini ishlab chiqish va uni Oyga uchirish uchun 77 million dollar ajratganini eʼlon qildi[3].
2020-yil 13-aprel kuni Intuitive Machines oʻzining birinchi tijorat missiyasi Oyning Shryoter vodiysi yaqiniga qoʻnishni moʻljallanayotganini maʼlum qiladi.
2021-yil 22-aprel kuni qoʻnish joyi Oyninv Aniqlik dengizi va Inqiroz dengizi oraligʻidagi nomaʼlum joyga oʻzgartirilgani maʼlum qilindi[4].
2023-yil 14-fevral kuni NASDAQ fond birjasida Intuitive Machines kompaniyasining aksiyalari savdosi boshlandi[5].
Fevral oyida kompaniya Inflection Point Acquisition kompaniyasi bilan oʻzaro birlashish jarayonini yakunladi va Delaver shtatida roʻyxatdan oʻtadi[5].
2024-yil 15-fevralda Intuitive Machines kampaniyasining (IM-1) Nova-C qoʻnuvchi modulini Oy yuzasiga yetkazish uchun birinchi parvozni amalga ishirdi. Modul 2024-yil 22-fevral kuni GMT bilan soat 23:23 da Oyning janubiy qutbi hududidagi Malapert krateri yaqinida qoʻndi[6].
Ushbu parvoz muvaffaqiyatli amalga oshgandan soʻng kompaniyaning aksiyalarining narxi deyarli 1,5 baravar yoki 2024-yilning ilk kunidagi narxiga nisbatan 3 baravarga koʻtarildi[7].
Mahsulotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nova-C
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nova-C – yengil qoʻnish qurilmasi (moduli) boʻlib, Oy yuzasiga kichik tijorat yuklarini yetkazish uchun moʻljallangan. Ushbu modul uchirilishi Falcon-9 raketasi yordamida amalga oshirililadi[8].
Boshqa mahsulotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yengil vaznli Nova-C modulidan tashqari kompaniya qoʻshimcha ravishda, oʻrta va ogʻir yuk koʻtarish imkoniyatiga ega Nova-D va Nova-M modullarini ishlab chiqarishni rejalashtirgan[8]
Intuitive Machines NASAning Jonson kosmik markazi bilan hamkorlikda xalqaro kosmik stansiyadan yuklarni qayta olib tushish uchun moʻljallangan Universal Return Vehicle (URV) modulini ishlab chiqdi[9].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Aerobotic
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Intuitive Machines Sets January 2024 for Historic U.S. Lunar Mission“ (en) (2023-yil 27-oktyabr). 2023-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-noyabr.
- ↑ „NASA Announces New Partnerships for Commercial Lunar Payload Delivery Services - NASA“ (en-US). 2023-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-noyabr.
- ↑ „NASA chooses three companies to send landers to the moon - UPI.com“ (en). UPI. 2020-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-noyabr.
- ↑ „Intuitive Machines-1 Orbital Debris Assessment Report (ODAR)“ (en). 2021-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-noyabr.
- ↑ 5,0 5,1 Foust, Jeff „Intuitive Machines completes SPAC merger“ (en-US). SpaceNews (2023-yil 14-fevral). Qaraldi: 2023-yil 21-noyabr.
- ↑ Moon landing: US clinches first touchdown in 50 years, Reuters, February 23, 2024
- ↑ Foust, Jeff „IM-1 mission on course for the moon after engine test“ (en-US). SpaceNews (2024-yil 19-fevral). Qaraldi: 2024-yil 19-fevral.
- ↑ 8,0 8,1 „Lunar access Services“ (en). 2023-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-noyabr.
- ↑ „Products & Services“ (en). Intuitive Machines. 2023-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-noyabr.