Kontent qismiga oʻtish

Interferon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Interferon (lotincha inter — oʻzaro va ferio — uraman, shikastlayman) — viruslar yoki sintetik polinukleotidlar (qarang Nukleotidlar), toksinlar, antimetabolitlar va b. kirishiga javoban hujayrada hosil boʻladigan oqsillar guruhining umumiy nomi. I. oʻtkir virusli infeksiyadan organizmning asosiy himoya vositasi hisoblanadi.

Suvda eriydigan oqsillarga mansub, mol. m. 30000—160000. Retikulo-endotelial sistema hujayralarida va limfotsitlardz. hosil boʻladi. I. virusga bevosita taʼsir qilmaydi, balki hujay-rada viruslarning nuklein kislotalari sintezini tormozlovchi antivirus oqsillar hosil boʻlishiga olib keladi. I. yuqori molekulyar faollikka ega. Uning bir necha molekulasi hujayrani himoya qilish uchun yetarli boʻladi, biroq infeksiya bilan zararlangan hu-jayraga taʼsir koʻrsatmaydi. I. hayvon turiga ixtisoslashgan, yaʼni qaysi hayvonda sintezlangan boʻlsa, oʻsha hayvon hujayrasiga taʼsir koʻrsatadi, biroq har qanday virusga qarshi faol boʻladi. I. yoki uning hujayrada hosil boʻli-shini tezlashtiruvchi moddani organizmga kiritish orqali virusli in-feksiyaning oldini olish yoki uni davolash mumkin.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil