Kontent qismiga oʻtish

Immanent falsafa

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Immanent falsafa — 19-asr oxiri — 20-asr boshida vujudga kelgan ne-mis falsafasidagi oqim. Bilib olinadigan reallik ong doirasidagina boʻlishi mumkin, yaʼni ongga xosdir deb hisoblaydi. I. f. ong mohiyatini yagona reallik deb biladi. Asosiy vakillari — V. Shuppe, Y. Remke, R. Shubert-Zoldern. Pozitivizm ham I. f. nuqtai nazariga yaqin turgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil