Ilmiy daraja
Ilmiy daraja - muayyan fan sohasidagi mutaxassisning ilmiy malakasi darajasi. Oʻzbekistonda fan nomzodi va fan doktori I.d. taʼsis etilgan. I.d. yuqori malakali ilmiy xodimlarga fanni boyituvchi tadqiqot ishlari, ilmiy muammolarni amaliy yoki nazariy jiqatdan hal qila oladigan mustaqil ilmiy tadqiqoti yoxud yangi muammolarni ilmiy asoslanganligiga bagʻishlangan dissertatsiyalarning maxsus ilmiy kengashlarda ochiq himoya natijasi asosida ilmiy kengash va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) eksport ken-gashi tavsiyasiga binoan, oliy maʼlu-motga ega boʻlgan shaxslarga OAK tomonidan beriladi. Oʻzbekiston Respublikasida boshqa davlatlarning muayyan muassasalari tomonidan berilgan I.d. muvofiklashtirilgandan soʻng haqiqiy hisoblanadi. Shuningdek, Oʻzbekistonda chet davlatlardagi ilmiy muassasalar tomonidan berilgan faxriy I. d.larga ega muta-xassislar ham bor. Bunday I. d.lar Oʻzbekistonda fan, texnika va madaniyat sohasidagi yutuqlari uchun chet ellik olimlarga ham beriladi. Chet el oliy oʻquv yurtlari va ilmiy tadqiqot muassasalarida litsensiat, bakalavr, magistr, fan d-ri I. d.lari mavjud.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |