Ifikl
Ifikl (qadimgi yunoncha: Ἰφικλῆς) — qadimgi yunon mifologiyasidagi qahramon, Geraklning egizak ukasi va Iolayning otasi. Argonavtlarning Kolxidaga sayohatida va Kalidon ovida qatnashgan. U akasi bilan birga Gippokoont yoki Molionidlar va Avgiy oʻgʻillariga qarshi kurashib halok boʻlgan.
Mifologiyada
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ifikl Perseidlar sulolasidan edi. U Amfitrion (Fivda surgunda yashashga majbur boʻlgan Tirinfning sobiq qiroli Perseyning nabirasi) va Alkmenaning oʻgʻli edi. Alkmena Zevsni sevib qoldi, uning maʼshuqasiga aylandi va toʻqqiz oy oʻtgach, u ikki oʻgʻil tugʻdi va ulardan biri, keyinchalik Gerakl ismini olgan maʼbudning oʻgʻli Alkid, ikkinchisi esa insonning oʻgʻli Ifikl edi[1]. Ilm-fanda qadimgi mualliflar Geraklning kuchi va jasoratiga diqqatni tortish maqsadida Ifikl oʻylab topilgan degan fikr mavjud. Gesiodning yozishicha, Alkmena „haqiqiy munosib er bilan eng yomonini“ dunyoga keltirgan[2]. Bu tezisni tasdiqlovchi manbalarda, xususan, beshikda yotgan sakkiz oylik egizaklarga ilonlar hujum qilganda Ifikl qoʻrqib ketgani, uning akasi esa ilonlarni boʻgʻib oʻldirgani aytiladi[3][4].
Oʻsib ulgʻaygan Ifikl Megara qiroli Alkafoyning qizi Avtomedusa bilan turmush quradi. Bu nikohdan uning oʻgʻli Iolay tugʻiladi. Fiv qiroli Kreont Geraklni Erginga qarshi yordami uchun minnatdorchilik sifatida kuyovi qilib qoʻyganida, Ifiklga qirol kenja qizini beradi va u yana ikkita oʻgʻillik boʻladi. Biroq, Gerakl esidan ogʻgan paytida, bu bolalarni oʻziniki[1] bilan birga olovga tashlaydi. Ifikl Iolayni Gerakldan[5] qutqarib olishga va uni xotini Megarani oʻldirishdan saqlab qolishga muvaffaq boʻladi; manbalardan biriga koʻra, Gerakl oʻz ukasini ham oʻldirmoqchi boʻlgan[3][4].
Diodor Sitsiliyskiy soʻzlariga koʻra, Ifikl, „Argo“ kemasida Kolxidaga Oltin jun izlab ketgan qahramonlar orasida edi. „Argo“ Troyadan suzib oʻtayotganda, Gerakl ukasini mahalliy qirol Laomedontga baytallar podasi va yirtqich hayvon ustidan gʻalaba qozongani uchun vaʼda qilingan malika Gesionni olish uchun yuborgan. Laomedont kelishuvni bajarishdan bosh tortgan va elchini qamoqqa tashlagan; shu sababli urush boshlanib, Gerakl Troyani egallab, qirolni oʻldirgan[6]. Psevdo-Apollodor Etoliyada ulkan toʻngʻiz ovining ishtirokchilari orasida Ifikl nomini keltiradi[1][4].
Ifikl yunon ichki urushlardan birida akasi tarafdan jang qilib vafot etgan. Bir taxminga koʻra, bu Gerakl Likimniyning oʻgʻli Eonning oʻldirilgani tufayli, Sparta qiroli Gippokontning oʻgʻillaridan qasos olish uchun boʻlgan jangda sodir boʻlgan[1][6]; boshqasiga koʻra, Ifikl Avgiyning jiyanlari Molionidalar bilan boʻlgan jangda yaralangan va Arkadiyadagi Feniyada vafot etgan[7][4].
Gesiod afsonaning ishonchli versiyasi keltirilgan, unga koʻra, yoshligida Ifikl oʻz uyini tark etib, ixtiyoriy ravishda Tirinf va Mikenlar qiroli Yevrisfey xizmatiga kirgan. Keyinchalik, qahramon oʻz qilmishidan pushaymon boʻlgan, lekin juda kech edi[2]. Bu versiya[3] Damasskiy Nikolayning maʼlumotlari bilan yaxshi mos keladi. Unga koʻra, aka-uka Tirinfga kelganida, „Yevrisfey tezda Likimniy va Ifikl bilan doʻstlashadi, lekin Geraklga shubha bilan munosabatda boʻladi va uni yaqinlari qatorida boʻlishiga yoʻl qoʻymadi“[5].
Xotiralanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tarixiy davrda Feney shahrida sayohatchilarga Ifikl qabri koʻrsatilgan. Kamida eramizning II asriga qadar, mahalliy aholi qahramonga qurbonliklar keltirishgan[7]. Vazalarni boʻyashda yunon rassomlari baʼzan chaqaloq Alkid tomonidan ilonlarni boʻgʻib oʻldirish hikoyasidan foydalanib, uning ukasini ham tasvirlashgan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Аполлодор Афинский. „Мифологическая библиотека“. Сайт «История Древнего Рима». Qaraldi: 2019-yil 19-fevral.
- Гесиод. Полное собрание сочинений. М.: Лабиринт, 2001. ISBN 5-87604-087-8.
- Диодор Сицилийский. Историческая библиотека. М.: Алетейя, 2005. ISBN 5-89329-716-4.
- „Николай Дамасский. История“. Сайт «История Древнего Рима». Qaraldi: 2019-yil 8-sentyabr.
- „Павсаний. Описание Эллады“. Сайт «История Древнего Рима». Qaraldi: 2019-yil 6-sentyabr.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ботвинник М. Иолай // Мифы народов мира. — 1987. — Т. 1. — С. 554.
- Kroll. Iphikles 1 // Paulys Realencyclopädie der classischen Altertumswissenschaft. — 1916. — Bd. IX, 2. — Kol. 2018.
- Stoll. Iphikles 1 // Ausführliches Lexikon der griechischen und römischen Mythologie. — 1894. — Bd. II, 1. — Kol. 305—306.