Kontent qismiga oʻtish

Guronlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Guronlar (oʻzlarini vendat deb ataydilar) — Kanadada yashovchi irokezlar guruhiga mansub indeys xalqi (asosan, Kvebek provinsiyasining Loretvil rezervatsiyasi). Aholisi 1 ming kishiga yaqin (1990-yillar oʻrtalari). Guron tili unutilgan, shu sababli G. fransuz tilida soʻzlashadilar. Dindorlari — katoliklar. 17-asrning oʻrtalarida Irokezlar ligasiga kirgan qabilalar ittifoqidan iborat boʻlgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil