Gigrometr
Gigrometr (grekcha: ὑγρός «suyuq» + μετρέω «oʻlchayman») — havo namligini oʻlchash uchun ishlatiladigan asbob. Asbobga asos qilib olingan usulga bogʻliq holda gigrometr quyidagi xillarga boʻlinadi: absorbsion, tarozili yoki mutlaq soch tolali, tasmali, diffuzionmanometrli, kondensatsion, elektrolitik, spektral gigrometrlar va psixrometr. Mas, tarozili gigrometr yordamida mutlaq namlik (g/m3) gigroskopik moddaning nam havodan suv bugʻini singdirishiga asosan aniqlanadi. Meteorologik amaliyotda soch tolali, tasmali gigrometrlar va psixrometr koʻproq ishlatiladi. Soch tolali gigrometrda yogʻsizlantirilgan soch tolasi havo namligining oʻzgarishi natijasida uzayadi yoki qisqaradi. Uning shkalasi 0 dan 100 gacha boʻlaklarga boʻlingan. Havoning namligi ortsa, gigrometrdagi soch tolasi uzayadi, asbob mili oʻngga buriladi, havoda suv bugʻi kamayganda soch tolasi qisqarib, mil chapga buriladi, shkala koʻrsatkichiga qarab namlik aniqlanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |