Gepard
Gepard (Acinonyx jubatus) — mushuksimonlar oilasiga mansub yirtqich sut emizuvchi, gepardlar (Acinonyx) urugʻining yagona turi. Tanasining uzunligi 123— 150 sm, dumi 63—75 sm. Oyoqlari uzun va ingichka, tirnoqlari ichkariga tortilmasligi bilan boshqa mushuksimonlardan farq qiladi. Yungi sargʻish qum rangda, mayda qora dogʻlar bilan tekis qoplangan. Bolalari tanasining ustki tomonidagi uzun tik yunglari paxmoq mantiya (yopingʻich) hosil qiladi. Afrika, Jan.-gʻarbiy Osiyo (Eron, Afgʻoniston, Balujiston) va Oʻrta Osiyoda tarqalgan. 1972-yilgacha onda-sonda Turkmanistonning jan.da uchrab turardi. Kunduzi hayot kechiradi. Homiladorligi 84-95 soʻtka. 2-4 ta bola tugʻadi. Toʻqay, dasht, choʻl va togʻ etaklarida yashaydi. Tuyoqli hayvonlar (kiyiklar, qoʻylar)ni ov qiladi. Oʻljasiga pana joydan tashlanadi va qisqa masofada quvib yetadi (tezligi soatiga 110 km gacha). Qadimda qoʻlga oʻrgatilgan G. dan ov qilishda foydalanilgan. Hozir soni juda kamayib ketgan, tabiatda butun dunyo boʻyicha bir necha yuzta saqlanib qolgan. Oʻzbekistan Respublikasi va Xalqaro Kizil kitobga kiritilgan. Tutqunlikda yaxshi koʻpayadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |