Kontent qismiga oʻtish

Georgiy Plexanov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Georgiy Valentinovich Plexanov (1856.29.11 (11.12), Tambov gubernyasi — 1918.30.5, Terloki yaqini, Finlandiya, hozirgi Zelenogorsk, Sankt-Peterburgda dafn qilingan) — Rossiya va xalqaro sotsial demokratik harakat arbobi, faylasuf. Vladimir Lenin tashkil qilgan "Iskra" gazetasining rahbarlaridan biri. RSDRP 2-sʼyezdidan keyin mensheviklarnnng yetakchilaridan boʻlib qoldi. Bolsheviklarning fuqorolarini tanqid qilib, Rossiyada hali inqilobiy vaziyat yetilmagan, deb hisobladi. Fevral inqilobini xayrixohlik bilan kutib oldi. Oktabr toʻntarishiga salbiy munosabatda boʻldi. Falsafa, sotsiologiya, estetika, din, shuningdek, tarix va iqtisodiyotga oid asarlar yozdi. "Tarixga monistik qarashning rivojlanishi masalasiga doir" (1885), "Materializm tarixi boʻyicha ocherk" (1896), "Tarixda shaxsning roli masalasiga doyr" (1898) kabi falsafiysotsiologik asarlarida tarixni materialistik tushunishni rivojlantirdi, jamiyat hayotini tushunishda dialektik metodni qoʻlladi. "Tarixni yaratuvchi qahramonlar" toʻgʻrisidagi gʻoyani rad etdi, "xalq, butun millat tarix qahramoni boʻlishi kerak" deb hisobladi. Estetika sohasida realizm mavqeida turdi, sanʼatga ijtimoiy hayotning oʻziga xos shakli sifatida qaradi.

  • Izbrannie filosofskiye proizvedeniya, t. 1—5, M., 1956—58; Tarixga monistik qarashning rivojlanishi masalasiga doyr, T., 1957; Tarixda shaxsning roli masalasiga doyr, T., 1956.