Kontent qismiga oʻtish

Gʻarbiy Virjiniya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gʻarbiy Virjiniya
West Virginia
Shtat
Gʻarbiy Virjiniya bayrogʻi Gʻarbiy Virjiniya tamgʻasi
Gʻarbiy Virjiniya bayrogʻi Gʻarbiy Virjiniya tamgʻasi

Shtat laqabi:
(Mountain State)

Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Poytaxt Charleston
Eng yirik shaharlar Charleston
Huntington
Parkersburg
Maydon

   • Butun
   • % suv

AQSh: 41-oʻrinda

62,755 km²
0.63 %

Aholi

   • Butun (2021)
   • Zichlik
   • Senat oʻrinlari
   • Elektoral ovozlari

AQSh: 37-oʻrinda

1,816,856
29 kishi/km²
3
5

YIM

   • YIM
   • YIM/kishi

AQSh: 41-oʻrinda

$49,454 million
$27,284

Ittifoqqa kirish

   • Sana

35-boʻlib

20 iyun 1863

Vaqt UTC-5 (EST)
Qisqartma WI [55]
Shtat guli Rhododendron

(Rhododendron maximum)

Shtat daraxti Sugar Maple

(Acer saccharum)

Gʻarbiy VirjiniyaAmerika Qoʻshma Shtatlardan biri. Poytaxti - Charleston shahri. AQSh ittifogʻiga 21 avgust 1959 yilda kirgan, undan oldin - Virginia.

AQShning sharqiy qismidagi shtat. Maydon 62,7 ming km2. Aholisi 1,8 mln. kishi (2002). Maʼmuriy markazi — Charlston sh. Yer yuzasi sharkdan (eng baland joyi 1481 m) gʻarbga, Ogayo daryosi vodiysiga pasayib boruvchi (250–300 m) platodan iborat. Iklimi moʻʼtadil, iliq va sernam. Yanvarning temperaturasi — 1° dan 5° gacha, iyul-niki 23—25°. Yillik yogʻin 900–1250 mm. Yirik toshkoʻmir konlari bor. Shuningdek, neft, tabiiy gaz, tuz, qurilish materiallari qazib olinadi. Sanoatining yetakchi tarmogʻi — qora metallurgiya, koks kimyosi. Alyu-miniy sanoati rivojlangan. Kimyoviy tolalar, plastmassa, sintetik kauchuk ishlab chiqariladi. Gʻarbiy Virjiniyaa ishlab chiqariladigan elektr energiyasi boshqa shtatlarga ham uzatiladi. Qishloq xoʻjaligi, asosan, shahar aholisini oziqovqat mahsulotlariga boʻlgan talabini qondirishga xizmat qiladi. Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — chorvachilik. Appalachi vodiysida bogʻlar barpo qilingan.