Fredi Bobic
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 30-oktyabr 1971-yil | ||
Tavallud joyi | Maribor, Yugoslaviya | ||
Boʻyi | 1.88 m | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Hertha BSC (sport direktori) | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1979—1980 | VfR Bad Cannstatt | ||
1980—1986 | VfB Stuttgart II | ||
1986—1990 | Stuttgarter Kickers | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1990—1992 | TSF Ditzingen | 62 | (32) |
1992—1994 | Stuttgarter Kickers | 62 | (26) |
1994—1999 | VfB Stuttgart | 148 | (69) |
1999—2002 | Borussia Dortmund | 56 | (17) |
2002 | → Bolton Wanderers (ijara) | 16 | (4) |
2002—2003 | Hannover 96 | 27 | (14) |
2003—2005 | Hertha BSC | 54 | (8) |
2006 | Rijeka | 8 | (2) |
Milliy terma jamoa | |||
1994—2004 | Germaniya | 37 | (10) |
Boshqargan klublari | |||
2009—2010 | Chernomorets Burgas (boshqaruvchi direktor) | ||
2010—2014 | VfB Stuttgart (sport direktori) | ||
2016—2021 | Eintracht Frankfurt (sport direktori) | ||
2021- | Hertha BSC (sport direktori) | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Fredi Bobic (talaffuzi: Fredi Bobik; 1971-yil 30-oktyabrda tugʻilgan) — nemis futboli ijrochi direktori, sobiq futbolchi. Bundesliga klubi Herta BSC sport direktori.
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bobic SFR Yugoslaviyaning Maribor shahrida tugʻilgan. Otasi sloven va onasi esa xorvat. Tugʻilganidan bir necha oy oʻtgach, ota-onasi bilan birga Germaniyaga koʻchgan va avval Ditzingenga, keyin Stuttgartga joylashdilar. VfR Bad Cannstattda futbol oʻynay boshladi, lekin tez orada VfB Stuttgart yoshlar jamoasiga oʻtdi. Stuttgartda boʻlganida Germaniya fuqaroligini ham oldi.
Stuttgartdagi toʻrt yillik faoliyatidan soʻng, 1999-yilda Dortmundning „Borussia“ klubi bilan shartnoma imzoladi va 1999—2000- va 2000—2001-yillarda klubning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. Biroq, 2001-yilning yozida Jan Koller va Márcio Amorosoning kelishi tufayli eʼtibordan chetda qoldi va 2001—2002-yilgi mavsumining birinchi yarmida atigi uchta oʻyin oʻtkazdi.
2003-yilda Hertha BSC bilan shartnoma imzoladi. Jamoa bilan ikki mavsum oʻynadi va 54 oʻyinda 8 gol urdi.
Oxirgi marta Xorvatiyaning NK Rijeka jamoasida 2006-yilning iyunida, 2005—2006-yilgi mavsum oxirida faoliyatini yakunlagan.
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bobic Germaniya terma jamoasi safida 37 ta oʻyinda 10 ta gol[1] urgan. Germaniya bilan UEFA Yevro-1996 gʻolibi tarkibida boʻlgan. Shuningdek, UEFA Yevro-2004da ham oʻynagan, toʻrt yillik tanaffusdan keyin 2002-yilda terma jamoaga qaytgan.
Murabbiylik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bobic 2009-yilning 25-martida Bolgariyaning „Chernomorets Burgas“ klubi boshqaruvchi direktori sifatida shartnoma imzolagan va klubda sobiq jamoadoshi Krasimir Balakov bilan ishlagan.
2010-yil 27-iyulda Bobic VfB Stuttgartning yangi sport direktori boʻldi[2]. 2012-yilning 20-yanvarida VfB Stuttgart bilan shartnomasini 2016-yilning iyunigacha uzaytirdi[3]. 2013-yil 10-aprelda klubning sport boʻyicha direktorlar kengashi vakili lavozimini egalladi[4]. Bobic 2014-yil 24-sentyabrda ishdan boʻshatildi.
2016-yil 1-iyun kuni Bobic Frankfurtning „Eintracht“ klubi sport direktori boʻldi. Bobicning davrida klub finalda „Bayern“ ni magʻlub etib (3:1) DFB-Pokal gʻolibiga boʻldi.
2021-yil 14-aprelda Hertha BSC rahbariyati 2021-yilning 1-iyulidan boshlab Bobicni sport boʻyicha yangi boshqaruvchi direktor sifatida ishga olish qarorini eʼlon qildi[5].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Liga kubogi | Qitʼa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
TSF Ditzingen | 1990—1991 | Verbandsliga Württemberg | 28 | 13 | - | - | - | 28 | 13 | |||
1991—1992 | Oberliga Baden-Württemberg | 34 | 19 | - | - | - | 34 | 19 | ||||
Jami | 62 | 32 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 62 | 32 | ||
Stuttgarter Kickers | 1992—1993[6] | 2. Bundesliga | 30 | 10 | 1 | 0 | - | - | 31 | 10 | ||
1993—1994[6] | 32 | 16 | 1 | 0 | - | - | 33 | 16 | ||||
Jami | 62 | 26 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 64 | 26 | ||
VfB Stuttgart | 1994—1995[6] | Bundesliga | 32 | 12 | 3 | 1 | - | - | 35 | 13 | ||
1995—1996[6] | 26 | 17 | 1 | 1 | - | - | 27 | 18 | ||||
1996—1997[6] | 33 | 19 | 5 | 2 | - | - | 38 | 21 | ||||
1997—1998[6] | 29 | 13 | 5 | 4 | 2 | 0 | 8 | 5 | 44 | 22 | ||
1998—1999[6] | 28 | 8 | 3 | 0 | 3 | 1 | 4 | 3 | 38 | 12 | ||
Jami | 148 | 69 | 17 | 8 | 5 | 1 | 12 | 8 | 182 | 86 | ||
Borussia Dortmund | 1999-2000[6] | Bundesliga | 29 | 7 | 1 | 0 | 2 | 1 | 11 | 4 | 43 | 12 |
2000—2001[6] | 24 | 10 | 1 | 0 | - | - | 25 | 10 | ||||
2001—2002[6] | 3 | 0 | 1 | 0 | 1 | 1 | 7 | 0 | 12 | 1 | ||
Jami | 56 | 17 | 3 | 0 | 3 | 2 | 18 | 4 | 80 | 23 | ||
Bolton Wanderers (ijara) | 2001—2002 | Premier League | 16 | 4 | 0 | 0 | - | - | 16 | 4 | ||
Hannover 96 | 2002—2003[6] | Bundesliga | 27 | 14 | 0 | 0 | - | - | 27 | 14 | ||
Hertha BSC | 2003—2004[6] | Bundesliga | 32 | 7 | 2 | 0 | 1 | 1 | 2 | 0 | 37 | 8 |
2004—2005[6] | 22 | 1 | 2 | 0 | - | - | 24 | 1 | ||||
Jami | 54 | 8 | 4 | 0 | 1 | 1 | 2 | 0 | 61 | 9 | ||
NK Rijeka | 2005—2006 | Prva HNL | 8 | 2 | 2 | 1 | - | - | 10 | 3 | ||
Jami faoliyati | 433 | 172 | 28 | 9 | 9 | 4 | 32 | 12 | 502 | 197 |
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ballar va natijalar birinchi navbatda Germaniyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ballar ustuni Bobikning har bir golidan keyin ochkoni koʻrsatadi.
T/r | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 1995-yil 23-avgust | King Boduin stadioni, Bryussel, Belgiya | Belgiya | 2-1 | 2-1 | Doʻstona |
2 | 1996-yil 9-oktyabr | Razdan stadioni, Yerevan, Armaniston | Armaniston | 4-0 | 5-1 | 1998-yilgi jahon chempionati saralashi |
3 | 2002-yil 20-noyabr | Arena AufSchalke, Gelzenkirchen, Germaniya | Niderlandiya | 1-1 | 1-3 | Doʻstona |
4 | 2003-yil 12-fevral | Estadio Son Moix, Mallorca, Ispaniya | Ispaniya | 1-1 | 1-3 | Doʻstona |
5 | 2003-yil 1-iyun | Volkswagen-Arena, Volfsburg, Germaniya | Kanada | 3-1 | 4-1 | Doʻstona |
6 | 2003-yil 7-iyun | Hampden Park, Glazgo, Shotlandiya | Shotlandiya | 1-0 | 1-1 | UEFA Yevro-2004 saralashi |
7 | 2003-yil 11-iyun | Torsvollur, Torshavn, Farer orollari | Farer orollari | 2-0 | 2—200 | UEFA Yevro-2004 saralashi |
8 | 2003-yil 10-sentyabr | Westfalenstadion, Dortmund, Germaniya | Shotlandiya | 1-0 | 2-1 | UEFA Yevro-2004 saralashi |
9 | 2003-yil 11-oktyabr | Volksparkstadion, Gamburg, Germaniya | Islandiya | 2-0 | 3—200 | UEFA Yevro-2004 saralashi |
10 | 2004-yil 27-may | Dreisamstadion, Frayburg, Germaniya | Malta | 7-0 | 7—200 | Doʻstona |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]VfB Stuttgart
- DFB-Pokal: 1996—1997
- UEFA kubogi egalari kubogi: ikkinchi oʻrin sohibi: 1997—1998
Borussia Dortmund
- Bundesliga: 2001—2002
NK Rijeka
- Xorvatiya kubogi: 2005—2006
Germaniya
- UEFA Yevropa chempionati: 1996-yil
Individual
- Bundesliganing eng yaxshi toʻpurari: 1995—1996
- Kicker Bundesliganing mavsum jamoasi: 1995—1996[7]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Arnhold. „Fredi Bobič - Goals in International Matches“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (31-iyul 2007-yil). Qaraldi: 24-yanvar 2012-yil.
- ↑ „Fredi Bobic is director of sport“. VfB Stuttgart (27-iyul 2010-yil). 2012-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-iyul 2010-yil.
- ↑ „Triple contract extension“. VfB Stuttgart (20-yanvar 2012-yil). 2014-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-yanvar 2012-yil.
- ↑ „Management changes“. VfB Stuttgart (10-aprel 2013-yil). 2014-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-aprel 2013-yil.
- ↑ „Announcement from the board“. Hertha BSC (14-aprel 2021-yil). Qaraldi: 21-aprel 2021-yil.
- ↑ 6,00 6,01 6,02 6,03 6,04 6,05 6,06 6,07 6,08 6,09 6,10 6,11 6,12 „Fredi Bobic » Club matches“. worldfootball.net. Qaraldi: 19-aprel 2022-yil.
- ↑ „Bundesliga Historie 1995/96“ (olmoncha). kicker.