Foydalanuvchi:Habibullayevna 006/qumloq
Sianoz | |
---|---|
Qonda kislorod miqdori past bo‘lgan bemorning qo‘li sianozi | |
Mutaxassislik | Pulmonologiya, kardiologiya |
Turlari | Markaziy, periferik, aylanma |
Sabablari | Nafas yo‘llari muammolari, o‘pka kasalliklari, yurak xastaliklari, haddan tashqari sovuqqa duchor bo‘lish |
Differensial tashxis | Sirkumoral sianoz, periferik sianoz, markaziy sianoz |
Oldini olish | Muzlatuvchi sovuq haroratga duchor bo‘lishdan saqlanish, tamaki chekish yoki kofein iste’molini cheklash, sianidga tegmaslik |
Dori-darmonlar | Antidepressantlar, qon bosimini pasaytiruvchi dori vositalari, yoki boshqa sabablar tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, nalokson gidroxlorid |
Sianoz - Qizil qon hujayralari, yaʼni eritrotsitlardagi gemoglobinga bogʻlangan kislorod miqdorining kamayishi natijasida tana to‘qimalari rangining koʻkimtir-binafsha rangga kirib qolishidir[1]. Sianoz odatda yupqa teri bilan qoplangan tana toʻqimalarida, jumladan shilliq pardalar, lablar, tirnoq asoslari va quloqning yumshoq qismlarida kuzatiladi[1]. Amiodaron yoki kumush tarkibli baʼzi dori vositalari ham to‘qimalar rangining oʻzgarishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, mo‘g‘ul dog‘lari, katta tug‘ma dog‘lar va koʻk yoki binafsha rangdagi boʻyoqlar qoʻshilgan oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilish ham teri toʻqimasining koʻkimtir rangga aylanishiga olib kelishi va bu holat sianoz deb notoʻgʻri baholanishi mumkin[2][3]. Sianozni toʻgʻri tashxislashda toʻliq jismoniy koʻrik oʻtkazish va batafsil kasallik tarixini oʻrganish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.[1].
Sianoz markaziy, periferik va differensial turlarga boʻlinadi.
Patofiziologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Markaziy sianoz
[tahrir | manbasini tahrirlash]Markaziy sianoz arterial kislorod saturatsiyasining (SaO2) pasayishi tufayli yuzaga keladi va qondagi dezoksigemoglobin konsentratsiyasi ≥ 5 g/dl konsentratsiyaga (≥ 3,1 mmol/l yoki kislorod saturatsiyasi ≤ 85%) erishgandan soʻng namoyon boʻla boshlaydi[4]. Bu yurak-oʻpka holatini koʻrsatadi[1].
Periferik sianoz
[tahrir | manbasini tahrirlash]Periferik sianoz periferik qon aylanishning venoz qonida dezoksigemoglobin konsentratsiyasining oshishi bilan yuzaga keladi. Boshqacha aytganda, sianoz dezoksigemoglobin konsentratsiyasiga bogʻliq. Anemiyaning ogʻir darajasi bilan ogʻrigan bemorlar dezoksigemoglobinning meʼyordan yuqori konsentratsiyasiga qaramay, normal koʻrinishda boʻlishi mumkin. Shu bilan birga, eritrotsitlar miqdori yuqori boʻlgan bemorlarda (masalan, politsitemiya vera) dezoksigemoglobinning past konsentratsiyasida ham sianotik koʻrinishga ega boʻlishi mumkin[5].
Sabablari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Markaziy sianoz
[tahrir | manbasini tahrirlash]Markaziy sianoz koʻpincha oʻpkada qonning yomon kislorodlanishiga olib keladigan qon aylanish yoki nafas olish muammosi bilan bogʻliq. Arterial kislorod bilan toʻyinganlik 85% yoki 75% dan pasayganda rivojlanadi[6].
Oʻtkir sianoz nafas olishning toʻxtashi yoki boʻgʻilishning oqibati boʻlishi mumkin va u ventilyatsiya toʻsiqlanganligining aniq belgilaridan biri hisoblanadi.
Markaziy sianoz quyidagi sabablardan kelib chiqishi mumkin:
- Markaziy asab tizimi (normal ventilyatsiyaning buzilishi):[6]
- Kalla ichi qon quyilishi
- Giyohvand modda (masalan, geroin) dozasini oshirib yuborish
- Generalizatsiyalashgan tonik-klonik shaytonlash (GTCS)
- Nafas olish tizimi:[1][6]
- Bronxospazm (masalan, astma)
- O‘pka gipertenziyasi
- O‘pka emboliyasi
- Gipoventilyatsiya
- Surunkali obstruktiv oʻpka kasalligi yoki (efizema)[6]
- Yurak-qon tomir tizimi:[1][6]
- Tug‘ma yurak kasalligi (masalan, Fallot tetralogiyasi)
- Yurak yetishmovchiligi
- yurak klapanlari kasalliklari
- Miokard infarkti
- Gemoglobinopatiyalar:[6]
- Metamoglobinemiya [lower-alpha 1]
- Sulfgemoglobinemiya [lower-alpha 2]
- Politsitemiya
- Tugʻma sianoz α-kodondagi mutatsiyadan kelib chiqadi, bu H → Y birlamchi ketma-ketligining oʻzgarishiga olib keladi.
- Boshqalar:
- Balandlikda, 2400 metrdan balandga koʻtarilganda sianoz rivojlanishi mumkin.[1][6]
- Gipotermik[6]
- Muzlash[7]
- Obstruktiv uyqu apnoesi[6]
- ↑ Shuni e’tiborga olish kerakki, bu "soxta" sianozga sabab bo‘ladi. Metgemoglobin ko‘k rangda ko‘ringanligi sababli, hatto arterial qondagi kislorod darajasi normal bo‘lsa ham, bemorda sianoz belgilari kuzatilishi mumkin.
- ↑ Qonda ortiqcha sulfgemoglobin (SulfHb) mavjud bo‘lgan kamdan-kam uchraydigan holatni qayd eting. Bu pigment gemoglobinning yashil tusli hosilasi bo‘lib, uni qayta normal, funksional gemoglobinga aylantirish imkonsiz. U hatto qondagi miqdori past bo‘lganida ham sianozni keltirib chiqaradi.
Periferik sianoz
[tahrir | manbasini tahrirlash]Periferik sianoz – barmoqlar yoki tana chetki qismlarida qon aylanishining yetarli emasligi yoki toʻsiqlik tufayli paydo boʻladigan koʻkimtir rang[6]. Tana chetki qismlariga yetib boradigan qon kislorodga boy boʻlmaydi va teri orqali koʻrilganda, turli omillar birgalikda koʻkimtir rang paydo boʻlishiga olib keladi. Markaziy sianozga sabab boʻluvchi barcha omillar periferik belgilarning ham paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin, biroq periferik sianoz yurak yoki oʻpka yetishmovchiligi boʻlmagan holatlarda ham kuzatilishi mumkin[6]. Kichik qon tomirlari cheklangan boʻlishi mumkin va qonning normal kislorodlanish darajasini oshirish orqali davolanishi mumkin[6].
Periferik sianoz quyidagi sabablarga bogʻliq boʻlishi mumkin:[6]
- Markaziy sianozning barcha umumiy sabablari
- Yurak bilan bogʻliq kasalliklar (masalan, yurak yetishmovchiligi yoki gipovolemiya)
- Sovuq taʼsir
- O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi
- Arterial obstruksiya (masalan, periferik qon-tomir kasalliklari, Reyno fenomeni)
- Venoz obstruksiya (masalan, chuqur vena trombozi)
Differensial sianoz
[tahrir | manbasini tahrirlash]Differensial sianoz – bu pastki oyoq-qoʻllarning koʻkarishi, ammo yuqori oyoq-qoʻllar va boshning koʻkarmasligi holatini anglatadi[6]. Bu ochiq arterial yoʻl (patent ductus arteriosus) mavjud boʻlgan bemorlarda kuzatiladi[6]. Katta arterial yoʻlga ega bemorlarda progressiv oʻpka qon tomir kasalliklari rivojlanadi va oʻng qorinchada bosim ortishi yuzaga keladi[8].Oʻpka bosimi aorta bosimidan oshganda, shuntning yoʻnalishi oʻzgaradi (oʻngdan chapga shunt hosil boʻladi)[8]. Yuqori oyoq-qoʻllar pushti rangligicha qoladi, chunki kislorodsizlangan qon ochiq arterial yoʻl orqali toʻgʻridan-toʻgʻri pastga tushuvchi aortaga oʻtadi, bunda braxiotsefal poya, chap umumiy uyqu arteriyasi va chap o‘mrov osti arteriyalariga taʼsir qilmaydi.
Evolyutsiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Batafsil anamnez va jismoniy koʻrik (ayniqsa, yurak-oʻpka tizimiga alohida eʼtibor qaratgan holda) keyingi davolash yoʻnalishini belgilashga va oʻtkazilishi lozim boʻlgan tibbiy tekshiruvlarni aniqlashga yordam beradi[1] . Oʻtkazilishi mumkin boʻlgan tekshiruvlarga quyidagilar kiradi: puls oksimetriyasi, arterial qon gazi tahlili, umumiy qon tahlili, metgemoglobin darajasi oʻlchovi, elektrokardiogramma, exokardiogramma rentgenografiya, kompyuter tomografiyasi, yurakkateterizatsiyasi va gemoglobin elektroforezi.
Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda periferik sianoz koʻpincha qoʻl-oyoqlarning uchki qismlarida, ogʻiz atrofida va ko‘z atrofidagi sohalarda kuzatiladi[9] . Eʼtiborli jihati shundaki, periferik sianozda shilliq pardalar pushti rangda qoladi, markaziy sianozda esa shilliq pardalar koʻkargan boʻladi[9].
Shuni taʼkidlash lozimki, teri pigmentatsiyasi va gemoglobin miqdori sianozni baholashga taʼsir koʻrsatishi mumkin. Toʻqroq teri rangiga ega boʻlgan odamlarda sianozni aniqlash biroz qiyinroq kechishi mumkin. Biroq, tirnoq oʻrni, til va shilliq pardalar kabi terisi yupqaroq va qon tomirlari koʻproq boʻlgan tananing maʼlum qismlarini sinchkovlik bilan tekshirish orqali sianozni aniqlab, tashxis qoʻyish mumkin[1]. Yuqorida aytib oʻtilganidek, ogʻir anemiya bilan ogʻrigan bemorlar dezoksigemoglobin konsentratsiyasining meʼyordan yuqori boʻlishiga qaramay, normal koʻrinishga ega boʻlishi mumkin[6][5]. Anemiyaning ogʻir belgilariga shilliq qavatning oqarishi (lablar, qovoqlar va milklar), charchoq, bosh aylanishi va yurak urishining notekisligi kiradi.
Kasallikni boshqarish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sianoz kasallikning oʻzi emas, balki alomatdir, shuning uchun davolash asosiy sababni bartaraf etishga qaratilishi lozim.
Favqulodda vaziyat yuz berganda, davolash jarayoni doimo havo yoʻllarini ochish, nafas olishni taʼminlash va qon aylanishini barqarorlashtirish bilan boshlanishi lozim. Nafas olishda jiddiy qiyinchilik sezayotgan bemorlarga, holatning ogʻirligiga qarab, darhol qoʻshimcha kislorod (burun kanulasi yoki doimiy musbat havo bosimi orqali) berilishi kerak[10][11].
Agar metgemoglobin darajasi metgemoglobinemiya uchun ijobiy boʻlsa, birinchi navbatda metilen koʻki bilan davolash kerak[1].
Kasallik tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sianoz nomi aslida „koʻk kasallik“ yoki „koʻk holat“ degan maʼnoni anglatadi. Bu nom sian rangidan kelib chiqqan boʻlib, u yunon tilidagi koʻk rangni bildiruvchi „cyanós“ (κυανός) soʻzidan olingan[12].
Doktor Christen Lundsgaardning faraziga koʻra, sianoz haqidagi dastlabki maʼlumotlar 1749-yilda Fransiya qiroli Louis XV ning shaxsiy tabibi Jan-Batist de Senak tomonidan yozib qoldirilgan[13]. De Senak oʻtkazgan autopsiya natijalariga asoslanib, sianoz yurak nuqsoni tufayli yuzaga kelishini va bu holat arterial hamda venoz qon aylanishining aralashuviga olib kelishini aniqlagan. Biroq, sianozni keltirib chiqaruvchi dezoksigemoglobin konsentratsiyasini (8 hajm foiz) aniqlash faqatgina 1919-yilda doktor Lundsgaardga nasib etgan[13].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 Adeyinka, Adebayo; Kondamudi, Noah P. (2021), „Cyanosis“, StatPearls, Treasure Island (FL): StatPearls Publishing, PMID 29489181, qaraldi: 2021-10-28
- ↑ Dereure, Olivier (2001). "Drug-Induced Skin Pigmentation: Epidemiology, Diagnosis and Treatment" (en). American Journal of Clinical Dermatology 2 (4): 253–262. doi:10.2165/00128071-200102040-00006. ISSN 1175-0561. PMID 11705252. http://link.springer.com/10.2165/00128071-200102040-00006.
- ↑ Conlon, Joseph D; Drolet, Beth A (2004). "Skin lesions in the neonate" (en). Pediatric Clinics of North America 51 (4): 863–888. doi:10.1016/j.pcl.2004.03.015. PMID 15275979. https://linkinghub.elsevier.com/retrieve/pii/S0031395504000483.
- ↑ Mini Oxford Handbook of Clinical Medicine, 7th — 56-bet.
- ↑ 5,0 5,1 McMullen, Sarah M.; Patrick, Ward (2013-03-01). "Cyanosis" (English). The American Journal of Medicine 126 (3): 210–212. doi:10.1016/j.amjmed.2012.11.004. ISSN 0002-9343. PMID 23410559. https://www.amjmed.com/article/S0002-9343(12)00904-7/abstract.
- ↑ 6,00 6,01 6,02 6,03 6,04 6,05 6,06 6,07 6,08 6,09 6,10 6,11 6,12 6,13 6,14 6,15 „Central and Peripheral Cyanosis“. StatPearls (2020-yil iyul).
- ↑ Basit, H.; Wallen, T. J.; Dudley, C. „Frostbite“, . StatPearls. StatPearls, 2021.
- ↑ 8,0 8,1 Gillam-Krakauer, Maria; Mahajan, Kunal (2021), „Patent Ductus Arteriosus“, StatPearls, Treasure Island (FL): StatPearls Publishing, PMID 28613509, qaraldi: 2021-11-19
- ↑ 9,0 9,1 Lees, Martin H. (1970). "Cyanosis of the newborn infant" (en). The Journal of Pediatrics 77 (3): 484–498. doi:10.1016/S0022-3476(70)80024-5. PMID 5502102. https://linkinghub.elsevier.com/retrieve/pii/S0022347670800245.
- ↑ Ramji, Siddarth (2013), „Neonatal Resuscitation“, IAP Textbook of Pediatrics, Jaypee Brothers Medical Publishers (P) Ltd., 28-bet, doi:10.5005/jp/books/11894_109, ISBN 9789350259450, qaraldi: 2021-11-05
- ↑ Sasidharan, Ponthenkandath (2004). "An approach to diagnosis and management of cyanosis and tachypnea in term infants". Pediatric Clinics of North America 51 (4): 999–1021. doi:10.1016/j.pcl.2004.03.010. ISSN 0031-3955. PMID 15275985. http://dx.doi.org/10.1016/j.pcl.2004.03.010.
- ↑ Mosby's Medical, Nursing & Allied Health Dictionary, 4th, Mosby-Year Book, 1994 — 425-bet.
- ↑ 13,0 13,1 Lundsgaard, C. (1919-09-01). "Studies on Cyanosis". The Journal of Experimental Medicine 30 (3): 259–269. doi:10.1084/jem.30.3.259. ISSN 0022-1007. PMID 19868357. PMC 2126682. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=2126682.