Fibroadenoma
Qiyofa
Fibroadenoma (lot. fi bra — tola va adenoma), adenofibroma — bez va biriktiruvchi toʻqimadan rivojlanadigan xavfsiz oʻsma. Asosan, sut bezlarida, prostata bezi va boshqa aʼzolarda uchraydi. Sekin oʻsadi, qobiqqa oʻralgan boʻlib, atrofidagi toʻqimalardan chegaralanib turadi. Bezning sut yoʻli ichiga oʻsgani — ichki fibroadenoma, sut yoʻli atrofidagisi — tashqi fibroadenoma, aralash oʻsgani ulkan fibroadenoma (yaproqsimon), unda koʻpincha teri bilan birikib ketgan yaproqsimon shakldagi yarali tugunlar paydo boʻladi. Sut bezi fibroadenomasida ogʻriq, prostata bezi fibroadenomasida siydikning qisman yoki toʻla tutilishi kuzatiladi. Baʼzan xavfli oʻsmaga aylanishi mumkin. Davosi: jarroxlik yoʻli bilan olib tashlanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |