Emil Bergström
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Emil Evert Bergström | ||
Tavallud sanasi | 19-may 1993-yil | ||
Tavallud joyi | Stockholm, Shvetsiya | ||
Boʻyi | 1.87 m (6 ft 2 in) | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Willem II | ||
Raqami | 5 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2002-2006 | Spånga IS | ||
2007-2008 | IF Brommapojkarna | ||
2008-2011 | Djurgårdens IF | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2011-2015 | Djurgårdens IF | 129 | (7) |
2016-2018 | Rubin Kazan | 16 | (1) |
2017-2018 | → Grasshopper (Ijara) | 53 | (3) |
2018- | Utrecht | 23 | (2) |
2019-2020 | → Basel (Ijara) | 8 | (0) |
2021- | → Willem II (Ijara) | 9 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2010-2012 | Shvetsiya U19 | 10 | (0) |
2012-2015 | ShvetsiyaU21 | 4 | (0) |
2015-2016 | Shvetsiya | 3 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2021-yil 10-dekabr uchun) |
Emil Evert Bergström (1993-yil 19-mayda tugʻilgan) — Shved futbolchisi, Gollandiyaning Villem II klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi. Utrextdan ijaraga berilgan[1].
Jamoalardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bergstryom IF Brommapojkarnadan Djurgårdenga oʻn besh yoshida yosh oʻyinchi sifatida koʻchib oʻtgan, chunki u kattaroq klubda boʻlishni xohladi. U oʻzini hujumchi sifatida boshlagan, keyin esa markaziy himoyada oʻz oʻrnini topgunga qadar yarim himoyaga oʻtgan. 2010-yilda u klubning U21 jamoasida koʻp oʻyinlarada asosiy tarkibda maydonga tushgan[2].
2011-yilning 15-aprelida Bergstryom Allsvenskandagi debyutini Malmyo FFga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushib oʻtkazgan[3]. Keyingi 2012-yilgi Allsvenskan mavsumining oʻrtalarida Bergström markaziy himoya pozitsiyasida muntazam asosiy tarkibda maydonga tushgan[4]. 2013-yil 30-iyunda u oʻzining birinchi ligadagi golini urgan, bu ham Djurgården uchun Stokgolm stadionida klub oʻzining yangi uy stadioni Tele2 Arenaga koʻchib oʻtishidan oldin tarixiy soʻnggi gol boʻlgan[5].
2016-yilning 4-fevralida Bergstryom Qozonning „Rubin“ klubi bilan shartnoma imzolagan.
2017-yilning 27-yanvarida u Grasshoppers bilan 2017-18-yilgi mavsum oxirigacha tuzilgan ijara shartnomasini imzolagan[6].
2018-yil 30-iyulda u "Utrext " bilan shartnoma imzolagan[7].
2019-yilning 2-sentyabr kuni „Bazel“ klubi Bergstryomni mavsum oxirigacha ijaraga olganini eʼlon qilgan[8]. U klub uchun birinchi oʻyinini 15-sentyabr kuni Shveysariya kubogi doirasidagi safarda oʻtkazgan, "Bazel " Meyrin FC ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozongan. U klub safida ichki chempionatdagi debyutini 25-sentyabr kuni Sent-Yakob-Parkda boʻlib oʻtgan uy oʻyinida oʻtkazgan, „Bazel“ Syurix ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozongan[9]. Shartnoma 30-iyun kuni nihoyasiga yetgan va klub uni uzaytirmasligini maʼlum qilgan[10]. Klubda boʻlgan oʻn oy davomida Bergström jami 15 ta oʻyin oʻtkazib, gol urmagan. Ushbu oʻyinlardan sakkiztasi Shveysariya Superligasi, bittasi Shveysariya kubogi, ikkitasi UEFA Yevropa Ligasi va toʻrttasi oʻrtoqlik oʻyinlari boʻlgan[11].
2021-yil 1-iyulda u Villem II ga ijaraga oʻtgan[12].
Xalqaro karyera
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bergström 19 yoshgacha boʻlgan Shvetsiya terma jamoasi va 21 yoshgacha boʻlgan Shvetsiya terma jamoasini himoya qilgan[13]][14]. 2015-yil yanvar oyida u Shvetsiya terma jamoasi bilan birinchi oʻyinini oʻtkazgan. Oʻyin FIFA tomonidan rasmiy terma jamoa oʻyini sifatida tan olinmagan[15].
Shaxsiy hayot
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bergström uch yoshidan boshlab Djurgårdens IF muhlisi boʻlib ulgʻaygan, otasi uni uy oʻyinlarini tomosha qilish uchun olib kela boshlagan[16].Uning sevimli raqami — 13.
Karyera statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Boshqa | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Boʻlim | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Djurgården | 2011 | Allsvenskan | 18 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 19 | 0 |
2012 | Allsvenskan | 23 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 | 24 | 1 | |
2013 | Allsvenskan | 29 | 2 | 6 | 0 | 0 | 0 | 35 | 2 | |
2014 | Allsvenskan | 30 | 2 | 3 | 1 | 0 | 0 | 33 | 3 | |
2015 | Allsvenskan | 29 | 2 | 4 | 1 | 0 | 0 | 33 | 3 | |
Jami | 129 | 7 | 15 | 2 | 0 | 0 | 144 | 9 | ||
Rubin Qozon | 2015-16 | Rossiya Premer-ligasi | 12 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 12 | 1 |
2016-17 | Rossiya Premer-ligasi | 4 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 5 | 0 | |
Jami | 16 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 | 17 | 1 | ||
Grasshopper(Ijara) | 2016-17 | Shveysariya Superligasi | 18 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 18 | 1 |
2017-18 | Shveysariya Superligasi | 23 | 2 | 5 | 0 | 0 | 0 | 28 | 2 | |
Jami | 41 | 3 | 5 | 0 | 0 | 0 | 46 | 3 | ||
Karyerada jami | 186 | 11 | 21 | 2 | 0 | 0 | 207 | 13 |
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]Milliy terma jamoa | Yil | Oʻyin | Gol |
---|---|---|---|
Shvetsiya | 2015 | 1 | 0 |
2016 | 2 | 0 | |
Jami | 3 | 0 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Emil Bergström“. Swedish Football Association. Qaraldi: 2013-yil 24-noyabr.
- ↑ „U21 – Emil Bergström“ (sv). Djurgårdens IF. 2013-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 24-noyabr.
- ↑ „Bittert slut mot Malmö“ (sv). Djurgårdens IF (2011-yil 15-aprel). 2011-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 6-iyul.
- ↑ „Vi kan bli farliga till nästa år“ (sv). Matchdax. Qaraldi: 2013-yil 24-noyabr.
- ↑ „Historiskt mål av Bergström“ (sv). Dagens Nyheter. Qaraldi: 2013-yil 24-noyabr.
- ↑ „PATRICK OLSEN UND EMIL BERGSTRÖM ZU GC“ (de). Grasshopper Club Zürich (2017-yil 27-yanvar).
- ↑ „ZWEEDSE VERDEDIGER EMIL BERGSTRÖM NAAR FC UTRECHT“ (nl). FC Utrecht (2018-yil 30-iyul).
- ↑ FC Basel 1893. „Emil Bergström leihweise zum FC Basel 1893“. FC Basel homepage. 2019-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-sentyabr.
- ↑ Verein "Basler Fussballarchiv”. „FC Basel - FC Zürich 4:0 (1:0)“. Verein "Basler Fussballarchiv”. Qaraldi: 2019-yil 25-sentyabr.
- ↑ FC Basel 1893. „Emil Bergström kehrt zum FC Utrecht zurück“. FC Basel homepage. Qaraldi: 2020-yil 29-iyun.[sayt ishlamaydi]
- ↑ Verein "Basler Fussballarchiv”. „Emil Bergström - FCB-Statistik“. Verein "Basler Fussballarchiv”. Qaraldi: 2020-yil 29-iyun.
- ↑ „Emil, welkom in Tilburg!“ (nl). Willem II (2021-yil 1-iyul). 2021-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-iyul.
- ↑ „Blågul representation för Tibbling och Bergström“ (sv). Djurgårdens IF. 2013-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 24-noyabr.
- ↑ „Tibbling och Bergström U21-debuterade“ (sv). Djurgårdens IF. 2013-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 24-noyabr.
- ↑ „Tung svensk förlust mot Finland“ (sv). Sveriges Radio. Qaraldi: 2015-yil 26-fevral.
- ↑ „Egen produkt ska ge stadga åt Djurgården“ (sv). Svenska Dagbladet. Qaraldi: 2013-yil 24-noyabr.