Elektr dvigatel
Elektr dvigatel — elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beruvchi mashina. Isteʼmol qiladigan tok turiga koʻra, oʻzgarmas tok va oʻzgaruvchan tok Elektr dvigatellariga boʻlinadi. Oʻzgarmas tok elektr dvigatellarida valning aylanishlar chastotasi (soni)ni ravon rostlab turish mumkin. Shuning uchun valning aylanishlar chastotasini teztez oʻzgartirib turish lozim boʻlgan hollarda shunday dvigatellar ishlatiladi. Oʻzgarmas tok elektr dvigatel, uch xil sxemali: parallel uygʻonishli, ketmaket uygʻonishli va aralash uyg'onishli qilib ishlab chiqarildi (rasmga qarang). Oʻzgaruvchan tok Elektr dvigatel jumlasiga asinxron elektr dvigatel, sinxron va kollektorli dvigatellar (qarang Kollektorli mashina) kiradi. Asinxron Elektr dvigatel eng koʻp ishlatiladi. Sinxron Elektr dvigatelda valning aylanishlar chastotasi isteʼmol qilinadigan tokning chastotasiga qatiy bogʻliq boʻladi. Bunday dvigatellar eng quvvatli elektr yuritmalarda ishlatiladi. Elektr dvigatellar ochiq, berk va germetik turlarga boʻlinadi. Portlashga xavfsiz Elektr dvigatellar ham bor. Bunday dvigatelning ichida gaz portlaganda alanga tashqariga chiqmaydi. Elektr dvigatellar uyroʻzgʻorda, sanoat va transportda keng miqyosda ishlatiladi.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Пуск электродвигателя с фазным ротором[sayt ishlamaydi]
- Строение асинхронного электродвигателя — видео, 3D
- Конструкции электрических машин
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |