Kontent qismiga oʻtish

Ektoparazitlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ektoparazitlar (ekto… va yunoncha  – tekinxoʻr), tashqi parazitlar – xoʻjayin hayvon yoki oʻsimlik tanasi, poyasi sirtida yashab, uning hisobiga oziqlanib yashovchi organizmlar. Masalan, vilt kasalligini qoʻzgʻatuvchi zamburugʻlar, baʼzi hasharotlar oʻsimlik ektoparazitlardir. Odatda, parazitlar lichinkasi tashqi muhitning zararli taʼsiridan xoʻjayin organizm qalqoni (kalta shokilador afitis – kaliforniya qalqondorining paraziti, tillarang afitis – jigarrang qalqondor paraziti), soxta pillasi (karam pashshasining katta yoshli lichinkasi tanasida parazitlik qiluvchi aleoxara qoʻngʻizi lichinkasi) bilan himoyalangan boʻladi, baʼzan xoʻjayin organizmlar kavaklarda, jonivorlar inida, oʻralgan barglarda va boshqalar yopiq yerlarda, ular bilan birga esa ektoparazitlar ham yashaydi. Ektoparazitlar xoʻjayin organizmda yakka-yakka yoki toʻp-toʻp boʻlib rivojlanishi mumkin.