Kontent qismiga oʻtish

Edgar Davids

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Edgar Davids
Davids 2007-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Edgar Steven Davids[1]
Tavallud sanasi 13-mart 1973-yil (1973-03-13) (51 yosh)[1]
Tavallud joyi Paramaribo, Suriname[1]
Boʻyi 1.69 m[2]
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Netherlands (murabbiy yordamchisi)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1985-1991 Ajax
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1991-1996 Ajax 106 (20)
1996-1998 Milan 19 (0)
1998-2004 Juventus 159 (8)
2004 → Barcelona (ijara) 18 (1)
2004-2005 Internazionale 14 (0)
2005-2007 Tottenham Hotspur 40 (1)
2007-2009 Ajax 25 (1)
2010 Crystal Palace 6 (0)
2012-2014 Barnet 36 (1)
Milliy terma jamoa
1992-1994 Netherlands U-21 8 (1)
1994-2005 Netherlands 74 (6)
Boshqargan klublari
2012-2014 Barnet
2020-2021 Telstar (yordamchi)
2021 Olhanense
2022- Netherlands (yordamchi)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Edgar Steven Davids (1973-yil 13-martda tugʻilgan) — gollandiyalik sobiq professional futbolchi va hozir kunda murabbiy.

Faoliyatini „Ajax“da boshlagan, bir qancha mahalliy va xalqaro chempionliklarni qo‘lga kiritganidan so‘ng, u Italiyaning „Milan“ safiga qoʻshiladi va keyinchalik "Yuventus" bilan muvaffaqiyatlarga erishadi. 2004-yilda "Barcelona" ga ijaraga beriladi. U „Ajax“ga qaytishdan oldin „Inter“ va „Tottenham“ da ham oʻynadi. Ikki yil davomida jarohatlar bilan kurashgan Davids 37 yoshida oʻz faoliyatini tugatishdan oldin „Crystal Palace“ bilan qisqa muddatga shartnoma imzolaydi. 2012-yilda u Angliya ligasining ikkinchi ligasi klubi Barnetga oʻynovchi-murabbiy etib tayinlanadi. U 2014-yil yanvar oyida oʻzaro kelishuvga koʻra murabbiy lavozimini tark etdi. U xalqaro miqyosda Gollandiya terma jamoasi safida 74 marta maydonga tushib, oltita gol urdi va oʻz mamlakati sharafini FIFA Jahon chempionati (bir marta) va UEFA Yevropa chempionatida (uch marta) himoya qilishga sazovar boʻldi.

Davids Surinamda tugʻilgan. Onasi tomonidan kelib chiqishi qisman yahudiy. Davids goʻdakligida oila Gollandiyaga koʻchib oʻtdi[3][4]. Uning amakivachchasi Lorenso ham futbolchi edi[5][6].

2003-yil 28-mayda UEFA Chempionlar ligasi finalida "Yuventus" aʼzosi Davids va milanlik Jennaro Gattuzo oʻzaro to‘qnash keldi

Oʻyin uslubi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U tez, mehnatsevar, qatʼiyatli jamoa oʻyinchisi, kuch va tezlik, shuningdek, kichik boʻyiga qaramay, ajoyib jismoniy kuch va chidamlilik xususiyatiga ega kamyob futbolchi. Davids oʻzining dinamik va jangovar oʻyin uslubi bilan raqiblariga ancha qiyinchilik tugʻdirgan[7][8][9][10][11]. Unga yoshligida „The Mayor of the Street“ (koʻcha hokimi) laqabini berilgan[8][12].

Davids Amerikaning Nike sport kiyimlari kompaniyasining reklama roliklarida suratga tushgan[13][14]. 1996-yilda u Rim amfiteatrida oʻrnatilgan gladiatorlar oʻyinida „Yaxshi va yomon“ deb nomlangan Nike reklama roligida rol oʻynadi. Reklama rolikda Ronaldo, Paolo Maldini, Eric Cantona, Patrick Kluivert va Jorge Campos kabi dunyoning turli burchaklaridan kelgan futbolchilar bilan birga paydo boʻlib, ular iblis jangchilar jamoasiga qarshi „chiroyli oʻyin“ koʻrsatishadi va Cantonaning toʻpga zarba berishi va yovuzlikni yoʻq qilishi bilan yakunlanadi[13].

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yil iyun oyida Davids Johan Cruyff bilan birga „Ajax“ning yangi kuzatuv kengashiga saylandi[15][16][17].

2010-yildan beri Davids sherigi bilan Shimoliy Londonda yashagan va koʻcha futbolida ishtirok etgan, shuningdek, Sundaya ligasi havaskorlar jamoasi Brixton United jamoasini boshqargan[18]. 2012-yil 11-oktyabrda Davids Mark Robson bilan birga oʻyinchi-menejer rolida Barnetning Ikkinchi liga jamoasiga qoʻshildi[19].

2020-yilda Davids Gollandiyaning Eerste Divizion klubi Telstarga yordamchi murabbiy etib tayinlandi[20].

2021-yilning 4-yanvarida Davids Portugaliya jamoasi S.C.Olxanense bosh murabbiyi etib tayinlandi[21]. U 2021-yil 19-iyulda ishdan boʻshatilgan[22].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Davids dizayner Olcay Gulsen bilan unashtirilgan edi.[23] 1999-yilda Davids Monta Street deb nomlangan oʻzining Street Soccer brendini yaratdi.[24]

Faoliyatidagi statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub safida mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
Klub Mavsum Liga Kubok Liga kubogi Kontinental Boshqa Umumiy
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Ajax 1991-92 Eredivisie 13 2 - - 3 0 - 16 2
1992-93 Eredivisie 28 4 5 5 - 8 3 - 41 12
1993-94 Eredivisie 15 2 1 0 - 5 2 - 21 4
1994-95 Eredivisie 22 5 2 0 - 7 0 - 31 5
1995-96 Eredivisie 28 7 6 0 - 11 1 - 45 8
Umumiy 106 20 14 5 0 0 34 6 0 0 154 31
Milan 1996-97 Serie A 15 0 - - 4 1 - 19 1
1997-98 Serie A 4 0 6 1 - - - 10 1
Umumiy 19 0 6 1 0 0 4 1 0 0 29 2
Juventus 1997-98 Serie A 20 1 9 1 - 5 0 - 34 2
1998-99 Serie A 27 2 6 1 - 9 0 - 42 3
1999-2000 Serie A 27 1 11 2 - 4 0 - 42 3
2000-01 Serie A 26 1 4 0 - 5 0 - 35 1
2001-02 Serie A 28 2 2 0 - 9 0 - 39 2
2002-03 Serie A 26 1 - - 15 1 - 41 2
2003-04 Serie A 5 0 - - 5 0 - 10 0
Umumiy 159 8 32 4 0 0 52 1 0 0 243 13
Barcelona 2003-04 La Liga 18 1 - - - - 18 1
Inter Milan 2004-05 Serie A 14 0 4 0 - 5 0 - 23 0
Tottenham Hotspur 2005-06 Premier League 31 1 - - - - 31 1
2006-07 Premier League 9 0 - 3 0 1 0 - 13 0
Umumiy 40 1 0 0 3 0 1 0 0 0 44 1
Ajax 2006-07 Eredivisie 11 1 3 0 - - 3 0 17 1
2007-08 Eredivisie 14 0 - - - 3 0 17 0
Umumiy 25 1 3 0 0 0 0 0 6 0 34 1
Crystal Palace 2010-11 Championship 6 0 - 1 0 - - 7 0
Barnet 2012-13 League Two 28 1 1 0 0 0 - - 29 1
2013-14 Conference Premier 8 0 1 0 0 0 - - 9 0
Umumiy 36 1 2 0 0 0 0 0 0 0 38 1
Umumiy 423 32 61 10 4 0 96 8 6 0 590 50
Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar[25]
Terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Gollandiya 1994 1 0
1995 4 0
1996 4 0
1997 0 0
1998 11 1
1999 6 3
2000 12 0
2001 6 0
2002 6 2
2003 9 0
2004 14 0
2005 1 0
Umumiy 74 6

: Hisob va natija birinchi boʻlib Gollandiya gollari roʻyxatini koʻrsatadi, hisob ustuni Davidsning har bir golidan keyin hisobni koʻrsatadi[26].

Edgar Davids tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
No. Sana Stadion Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 1998-yil 29-iyun Stadium Municipal, Toulouse, Fransiya Serbiya va Chernogoriya FR Yugoslavia 2-1 2-1 1998-yilgi FIFA Jahon chempionati
2 1999-yil 31-mart Amsterdam Arena, Amsterdam, Gollandiya  Argentina 1-0 1-1 Oʻrtoqlik oʻyini
3 1999-yil 4-sentyabr De Kuip, Rotterdam, Gollandiya  Belgiya 1-2 5-5 Oʻrtoqlik oʻyini
4 2-2
5 2002-yil 21-avgust Ullevaal Stadion, Oslo, Norvegiya  Norvegiya 1-0 1-0 Oʻrtoqlik oʻyini
6 2002-yil 7-sentyabr Philips Stadion, Eindhoven, Gollandiya  Belarus 1-0 3-0 UEFA Yevro-2004 saralashi

Ajax[27]

  • Eredivisie: 1993-94, 1994-95, 1995-96
  • KNVB Cup: 1992-93, 2006-07
  • Johan Cruyff Shield: 1995
  • UEFA Chempionlar ligasi: 1994-95
  • UEFA kubogi: 1991-92
  • UEFA Super kubogi: 1995
  • Qitʼalararo kubok: 1995

Juventus[27]

  • Serie A: 1997-98, 2001-02, 2002-03
  • Supercoppa Italiana: 2002, 2003

Inter Milan[27]

  • Coppa Italia: 2004-05

Gollandiya[27]

  • FIFA Jahon chempionati 4-oʻrin: 1998
  • UEFA turnirning Yevropa chempionati ramziy jamoasi aʼzosi: 2000[28]
  • FIFA Jahon chempionati All-Star jamoasi aʼzosi: 1998
  • FIFA 100[29]
  1. 1,0 1,1 1,2 Andoza:Hugman
  2. „Davids: Edgar Steven Davids: Player“. BDFutbol. Qaraldi: 2018-yil 3-may.
  3. „Ivanir Is Checking Possibility Of Signing Edgar Davids Hej“ (he).
  4. „PressReader.com – Connecting People Through News“. www.pressreader.com.
  5. van Leeuwen, Gerrit. „Davids' family values“. Sky Sports. Qaraldi: 2011-yil 11-sentyabr.
  6. Ruta, Alessandro. „Leverkusen, tutto facile E si ritrova in testa“ (it). La Gazzetta dello Sport (2011-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2011-yil 11-sentyabr.
  7. Stefano Bedeschi. „Gli eroi in bianconero: Edgar DAVIDS“ (it). Tutto Juve. Qaraldi: 2014-yil 11-sentyabr.
  8. 8,0 8,1 „Edgar Davids: One-on-One“. FourFourTwo (2010-yil 1-yanvar). Qaraldi: 2016-yil 19-iyul.
  9. „Davids: Dutch can go all the way“. FIFA (2008-yil 16-iyun). 2008-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 4-sentyabr.
  10. Martin Mazur. „La vita dell'Indio Almeyda tra alcol e depressione“ (it). La Gazzetta dello Sport (2012-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 20-noyabr.
  11. „FIFA Technical Study Group designates MasterCard All-Star Team“. FIFA (1998-yil 10-iyul). 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-avgust.
  12. Jay Ramanee-Murphy. „The Cult: Edgar Davids“. Vice Sports (2016-yil 20-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 20-noyabr.
  13. 13,0 13,1 Jackson, Steven J.. Sport, Culture and Advertising: Identities, Commodities and the Politics of Representation. Routledge, 10 November 2004 — 186-bet. ISBN 9780415339926. 
  14. „Nike and Maven Networks Introduce JogaTV“. Nikego. Nike (2006-yil 17-aprel). 2013-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 21-iyul.
  15. „Legendary duo join Ajax board“. FIFA (2011-yil 7-iyun). 2012-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 11-sentyabr.
  16. „Legendary duo on Ajax board“. ESPNsoccernet (2011-yil 7-iyun). Qaraldi: 2013-yil 13-oktyabr.
  17. „Update: Cruijff na 23 jaar terug in officiële functie bij Ajax“ (nl). Voetbalzone (2011-yil 25-iyul). Qaraldi: 2011-yil 11-sentyabr.
  18. „Davids reveals football plans“. Sky Sports (2012-yil 12-oktyabr). Qaraldi: 2012-yil 29-dekabr.
  19. Nakrani, Sachin. „Edgar Davids becomes joint-head coach at League Two strugglers Barnet“. The Guardian (2012-yil 11-oktyabr). Qaraldi: 2012-yil 11-oktyabr.
  20. „EDGAR DAVIDS SLUIT AAN ALS ASSISTENT-TRAINER“ (nl). SC Telstar (2020-yil 17-avgust). 2020-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-avgust.
  21. „Edgar Davids named head coach of Portuguese side“. Football Orange (2021-yil 4-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 4-yanvar.
  22. „'Catastrofale' samenwerking Davids en Olhanense na half jaar beëindigd“ ['Catastrophic' collaboration of Davids with Olhanense ends after half a year] (Dutch). Voetbal International (2021-yil 19-iyul). Qaraldi: 2021-yil 19-iyul.
  23. „Olcay Gulsen en Edgar Davids gaan trouwen“. Shownieuws (2010-yil 16-avgust). 2012-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  24. „Archived copy“. shop.montasoccer.com. 2008-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-yanvar.
  25. Edgar Davids National-Football-Teams.com saytida
  26. Regeer, Website: voetbalstats.nl – Rob „Interlands en doelpunten van Edgar Davids“. www.voetbalstats.nl.
  27. 27,0 27,1 27,2 27,3 „E. Davids“. Soccerway. Qaraldi: 2015-yil 30-dekabr.
  28. „UEFA Euro 2000 team of the tournament“. uefa.com. UEFA (2011-yil 1-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 31-mart.
  29. „Pele's list of the greatest“. BBC Sport (2004-yil 4-mart). Qaraldi: 2013-yil 15-iyun.