Kontent qismiga oʻtish

Donald Roy Pettit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Donald Roy Pettit (inglizcha: Donald Roy Pettit) 1955-yil 20-aprelda Amerika Qoʻshma Shtatlarining Oregon shtatida dunyoga kelgan. Amerikalik kimyo muhandisi va NASA astronavti. 2002, 2008 va 2011—2012-yillarda umumiy davomiyligi 369 kun 16 soat 41 daqiqa boʻlgan uchta kosmik parvozni amalga oshirgan. Umumiy davomiyligi 13 soat 17 daqiqa boʻlgan 2 ta kosmik yurish qilgan astronavt. Amerika Qoʻshma Shtatlarining 271-kosmonavti, 429-jahon kosmonavti hisoblanadi.

Pettit (chapda) oʻzining birinchi kosmik jamoasi tarkibida (Xalqaro Kosmik Stansiyasining 6-ekspeditsiya jamoasi): Rasmda Kennet D. Bowersox (qoʻmondon) va Nikolay Budarin

Donald Roy 1955-yil 20-aprelda Amerika Qoʻshma Shtatlarida Oregon shtatining Silverton shahrida dunyoga kelgan.

  • 1973-yil — Silverton shahridagi oʻrta maktabni (Silverton Union High School) tugatgan.
  • 1978-yil Oregon Davlat Universitetini kimyoviy muhandislik boʻyicha fan bakalavri hisoblanadi.
  • 1983-yil — Arizona universitetida kimyoviy muhandislik boʻyicha fan doktori.
  • 1984-yil — Nyu-Meksikodagi Los-Alamos milliy laboratoriyasining tadqiqotchisi. Suyuqlik va materiallarning vaznsizlikdagi dinamikasini, portlashlar fizikasini oʻrganib, spektroskopik tadqiqotlar olib borgan.
  • 1996-yil 1-may kuni NASAning 16-chi qabulida astronavt nomzodi sifatida tanlangan.


2006-yil noyabr oyidan 2007-yil yanvar oyiga qadar Antarktidada meteoritlarni qidirish va oʻrganish boʻyicha 6 oy davomida „ANtarctic Search for METeorites“ (ANSMET) ekspeditsiyasida ishtirok etgan[1]. Pettit Antarktikada meteoritlarni qidirishda (ANSMET) qo'shilgach, olti hafta davomida Antarktika yozida meteorit namunalarini, shu jumladan oy meteoritini to'plagan. Shuningdek, u ekspeditsiya davomida qor avtomobilini favqulodda elektr ta'mirlash hamda shoshilinch stomatologik jarrohlik amaliyotini bajarishga chaqirilgan.

Xalqaro kosmik stansiyada bo'lgan bo'sh vaqtida u "Saturday Morning Science" deb nomlangan seriyada suyuqliklar juda past tortishish muhitida qanday reaksiyaga kirishishini ko'rsatuvchi namoyishlar tashkil qilgan.

Kosmik parvozlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amerika Qoʻshma Shtatlari astronavti Donald Royninh kosmosdagi ilk parvozi 2002—2003-yillarda amalga oshirilgan va umumiy davomiyligi 161 kun 1 soat 14 daqiqa 38 soniyani tashkil qilgan.

Ikkinchi parvozi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kosmosga astronavt Donald Royning ikkinchi parvozi 2008-yilda boʻlgan va uning umumiy davomiyligi 15 kun 20 soat 29 daqiqa 27 soniyani tashkil qilgan.

Uchinchi parvozi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koinotga uchinchi parvoz qilishi 2011—2012-yillarda amalga oshirilgan. Donald Royning bu safargi parvozi 192 kun 18 soat 58 daqiqa davom etgan.

Uchinchi parvozdan soʻng kosmosda boʻlishning umumiy davomiyligi 369 kun 16 soat 41 daqiqani tashkil qilgan.

Pettit STS-126 kema ekipaji aʼzolari bilan

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Astronavt Mishel R. Racheff (Mishel R. Racheff) bilan turmush qurgan. Ularning ikki nafar farzandi bor.

Uning qiziqishlari: suratga olish, suzish. KD5MDT qoʻngʻiroq belgisi bilan radio havaskor hisoblanadi[2].

  1. „Don Pettit Goes to Antarctica“ (en) (2006-yil 11-dekabr). 2012-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 21-sentyabr.
  2. „SUCCESSFUL ARISS CONTACT FOR 5TH GENIKO LYKEIO KATERINIS, KATERINIS, GREECE“ (en). ariss-eu.org. 2019-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-aprel.