Kontent qismiga oʻtish

Darth Vader

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Darth Vader
Yulduzlar jangi obrazi

Darth Vader kospleyi
Ilk bora koʻringan Yulduzlar jangi Epizod IV: Yangi umid (1977)
Muallif(lar) George Lucas
Jonlantirgan(lar) David Prowse
Bob Anderson
Hayden Christensen (Episode II and Episode III)
Ovoz bergan(lar) James Earl Jones (Darth Vaderga ovoz bergan shaxs)
Umumiy maʼlumotlar
Laqablari Ani
Jinsi Erkak
Tabaqasi Jedi
Sith
Qarindoshlari Padmé Amidala (rafiqasi)
Luke Skywalker (o'g'li)
Leia Organa (qizi)
Ben Solo (nabirasi)
Shmi Skywalker (onasi)

Darth VaderYulduzlar jangi franshizasining xayoliy qahramoni hisoblanadi. U asl trilogiyaning markaziy antiqahramoni boʻlib, Anakin Skywalker sifatida keyingi trilogiyaning ham asosiy qahramonlaridan biri boʻlgan. „Yulduzlar jangi“ning asoschisi George Lucas franshizaning dastlabki olti qismli filmlarini umumiy tarzda „Darth Vaderning fojiasi“ deb taʼriflagan. Darth Vader omma orasida eng taniqli yovuzlardan biriga aylanib, tarixdagi eng buyuk yovuzlar va badiiy qahramonlar roʻyxatiga kiritilgan. Ayniqsa, uning niqobli yuzi va dubulgʻasi barcha zamonlarning eng mashhur qahramon tashqi koʻrinishi sifatida eʼtirof etiladi.

Anakin Skywalker sifatida tugʻilgan, Tatooine sahro sayyorasida qul boʻlib, Jediga aylangan. Voyaga yetganida, u yashirincha Padme Amidalaga uylanadi. Biroq u xotinini tugʻish paytida yaqinlashib kelayotgan oʻlimdan qutqarish uchun Darth Sidious boshchiligidagi Sithlarga qoʻshiladi. Buning uchun u Kuchning qorongʻu tomoni yoʻllarini oʻrganadi va shu tariqa Darth Vader nomini oladi. Bu ishi tufayli u oʻzining uzoq yillik doʻsti va ustozi Obi-Van Kenobiga qarshi chiqishga majbur boʻldi. U Mustafar vulqon sayyorasida Kenobi bilan jang qildi, biroq bundan avval gʻazab va tushunmovchilik tufayli xotinini Kuch bilan boʻgʻib qoʻydi. Jang Kenobining gʻalabasi bilan yakunlandi. Natijada, Vaderning chap qoʻli va ikkala oyogʻi kesildi hamda butun tanasi kuyib ketdi. U tirik qoldi va Galaktika imperiyasining yangi saylangan imperatori Dart Sidious tomonidan qutqarib qolindi. Soʻngra uning tanasi kibernetik qismlar bilan qayta tiklandi va u oʻzining mashhur qora zirhi hamda dubulgʻasiga ega boʻldi. Anakin xotinining oʻz qoʻli bilan halok boʻlganini bilgach, ruhiyatining soʻnggi qoldiqlaridan ham ayrildi. Shunday qilib, Anakin Skywalkerning Darth Vaderga toʻliq aylanishi nihoyasiga yetdi, bu esa Sidiusni gʻoyat mamnun etdi.

Qoʻzgʻolonchilar ittifoqi va Galaktika imperiyasi oʻrtasidagi Galaktik fuqarolar urushi davomida Vader imperiyaning boshqaruvchisi va xususan ikkita Oʻlim yulduzi, Yavin jangi va Endor jangi qurilishida imperatorning ikkinchi qoʻmondoni sifatida muhim rol oʻynadi. Aynan shu davrdagi soʻnggi duellardan birida Luke Skywalker ismli oʻgʻli, keyinroq Leia Organa ismli qizi borligi haqida xabar topdi.

Darth Vader Endor jangi paytida Jedilarning qaytishi filmida vafot etdi. Uning nafas olish tizimi oʻgʻlini qutqarishga harakat qilayotgan paytda imperator chaqmogʻi tomonidan shikastlanadi. Shunday qilib, u oʻzini oqlaydi va kuchlarni muvozanatga keltirdi va fuqarolar urushini tugatdi. Uning tanasi va zirhi Endorda Luke tomonidan kuydirilgan. Biroq, uning nabirasi Kylo Ren keyinchalik qandaydir tarzda Vaderning kuygan shlemini topib oladi.

Madaniy taʼsir

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Darth Vader „Yulduzlar jangi“ning eng mashhur qahramonlaridan biri boʻlib, dunyodagi eng mashhur xayoliy qahramon sifatida tanilgan. Mashhurlik soʻrovnomasida yuqori oʻrinlardan birini egallagan Darth Vader yaxshilik, nafrat, nafratlanadigan har bir kishini va narsani oʻldiradigan, gʻazab va zulmat, shuningdek, xalos boʻlish timsoli hisoblanadi. U oʻzining qora zirhi, dubulgʻasi va ayniqsa ustozi Obi-Van Kenobi bilan jang paytida olgan nafas olish muammolari tufayli hamda niqobdan chiqqan yogʻon, past ovozi bilan mashhur boʻlib, bu kabi xislatlar koʻpincha turli ommaviy axborot vositalarida unga nisbatan ishora sifatida ishlatilinadi.