Kontent qismiga oʻtish

Chin masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Chin masjidi
ozarbayjoncha: Çin məscidi
Mamlakat  Ozarbayjon
Boku Shirvonshohlar saroyi yaqini, Icheri-sheher, Kichik Gala koʻchasi
Yoʻnalishi Shirvon-Absheron arxitektura maktabi
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Loyiha muallifi Fazlulloh Imom ibn Usmon Shirvoniy
Binokorlik 13751376
Holati qayta tiklangan;
Numizmatika muzeyi sifatida faoliyat yuritadi

Chin masjidi (ozarbayjoncha: Çin məscidi) – XIV asrga oid tarixiy masjid. Ozarbayjonning Boku shahrida, Shirvonshohlar saroyi yaqinida, Icheri-sheherning bir qismi hisoblanuvchi Kichik Gala koʻchasida joylashgan. Bino Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-avgustdagi 132-son qarori bilan milliy meʼmoriy yodgorlik sifatida roʻyxatga olingan[1].

Masjid fasadidagi kirish eshigi tepasida joylashgan epigrafik yozuvga koʻra, bino 1375-yilda (hijriy 777) qurilgan. Shuningdek, masjid Fazlulloh Imom ibn Usmon Shirvoniy vasiyatiga koʻra qurilgani ham taʼkidlab oʻtilgan. Shu sababga koʻra ham masjid baʼzan ushbu shaxs nomi bilan ham ataladi[2][3].

Fasaddagi boshqa epigrafik yozuvlardan maʼlum boʻlishicha, yodgorlik 1772–1773-yillarda (hijriy 1186-yil) Mas’ud Ali tomonidan restavratsiya qilingan[4][5].

2012-yilda Icheri-sheher Davlat tarixiy-arxitektura qoʻriqxonasi tomonidan muzeyda katta taʼmirlash va tiklash ishlari olib borilgan[6].

Arxitekturaviy xususiyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid interyerining janubiy qismi devoridagi toʻrtburchak shaklda boʻlib, yonlari hoshiyalangan stalaktik mehrob Shirvon-Absheron meʼmorchilik maktabi asosida yaratilgan[7], qirralarida kichik boʻshliqlar mavjud[8].

Masjidning asosiy jabhasi assimetrik shaklda boʻlib, binoning kirish yaʼni portal qismi klassik usulda yaratilgan[8][9].

Portalning aniq profillangan toʻrtburchak shakldagi ramkasi, profilli boʻshligʻi va arabcha epigrafik sarlavhasi klassik uslubda ishlangan. Shaharning oʻrta asrlardagi sharqiy uslubda yaratilgan portallari orasida ushbu masjidning kirish qismi klassik usulda ishlangan oʻziga xos portallardan biri hisoblanadi[8][10].

Masjidda qadimiy tangalar ham saqlanadi, shuningdek, ularning oʻziga xos alohida koʻrgazmasi ham mavjud. Muzeyning asosiy ekspozitsiyasi Ozarbayjonda pul muomalasi boshlanganidan buyon turli davrlarda mavjud boʻlgan Sosoniylar, Safaviylar, Shirvonshohlar va boshqa davrlarga oid pul birliklari, tangalar va boshqa qiziqarli qadimiy eksponatlar hisoblanadi. Koʻrgazmalar alohida davrlarga boʻlingan va turli vitrinalarga guruhlangan. Davrning umumiy xususiyatlari, oʻziga xos xususiyatlari, turlari va oʻsha davrdagi valyuta birliklarining joylashuvi haqidagi maʼlumotlar vitrinalardan tashqaridagi alohida doskalarga oylashtirilgan[11].

  1. „Azərbaycan Respublikası ərazisində dövlət mühafizəsinə götürülmüş daşınmaz tarix və mədəniyyət abidələrinin əhəmiyyət dərəcələrinə görə bölgüsünün təsdiq edilməsi haqqında Azərbaycan Respublikasi Nazirlər Kabinetinin qərarı“. e-qanun.az. 2022-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-mart.
  2. „"Çin" məscidi“ (az). scwra.gov.az. Qaraldi: 2018-yil 15-mart.
  3. „ÇİN MƏSCİDİ“ (az). icherisheher.gov.az. 2017-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-mart.
  4. „"Çin" məscidi“ (az). scwra.gov.az. Qaraldi: 2018-yil 15-mart.
  5. „ÇİN MƏSCİDİ“ (az). icherisheher.gov.az. 2017-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-mart.
  6. „ÇİN MƏSCİDİ“ (az). icherisheher.gov.az. 2017-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-mart.az/#monument19 „ÇİN MƏSCİDİ“ (in Azerbaijani). icherisheher.gov.az. Archived from az/#monument19 the original on 19 January 2017. Retrieved 15 March 2018.
  7. „"Çin" məscid - qədim sikkələrin nümayiş olunduğu məkan“ (az). azertag.az. Qaraldi: 2018-yil 15-mart.
  8. 8,0 8,1 8,2 „"Çin" məscidi“ (az). scwra.gov.az. Qaraldi: 2018-yil 15-mart."Çin"%20%20məscidi "„Çin“ məscidi" (in Azerbaijani). scwra.gov.az. Retrieved 15 March 2018.
  9. „ÇİN MƏSCİDİ“ (az). icherisheher.gov.az. 2017-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-mart.az/#monument19 „ÇİN MƏSCİDİ“ (in Azerbaijani). icherisheher.gov.az. Archived from az/#monument19 the original on 19 January 2017. Retrieved 15 March 2018.
  10. „ÇİN MƏSCİDİ“ (az). icherisheher.gov.az. 2017-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-mart.az/#monument19 „ÇİN MƏSCİDİ“ (in Azerbaijani). icherisheher.gov.az. Archived from az/#monument19 the original on 19 January 2017. Retrieved 15 March 2018.
  11. „"Çin" məscid - qədim sikkələrin nümayiş olunduğu məkan“ (az). azertag.az. Qaraldi: 2018-yil 15-mart.