Kontent qismiga oʻtish

Chankaya saroyi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Anqaradagi Chankaya prezidentlik qarorgohi, 1935-yil

Chankaya saroyi (Chankaya Köshkü) Turkiya vitse-prezidentining qarorgohi[1], 2014-yilgacha Turkiya Respublikasi Prezidentining rasmiy qarorgohi boʻlgan[2]. Saroy Anqaraning Chankay tumanida joylashgan. Saroy ushbu hududning nomi bilan atalgan. Saroy joylashgan hudud[3] 1.77 km.kv maydonni egallaydi[3]. Saroyda Otaturk muzeyi, pushti saroy, bosh ad’yutantning idorasi, oynadan qurilgan saroy va yangi ofis binolari, qabulxonalar va matbuot anjumanlari zallari mavjud[3]. Shuningdek, sport inshootlari, o‘t o‘chirish shoxobchasi, issiqxona, prezident qorovulining kazarmalari ham bor[3].

Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning rejalariga ko‘ra, Chankaya binolar majmuasi respublika rahbariyati uchun mo‘ljallangan bo‘lishi ko‘zda tutilgan edi[4]. Vitse-prezident Fuat Oktay hozirda saroydan foydalanmoqda (2020-yil aprel holatiga koʻra). Cumhurbaşkanlığı Sarayi 2014-yilning oktyabr oyidan beri prezidentlik saroyi vazifasini bajarib kelmoqda.

Mustaqillik urushi davrida Otaturk uyi, Anqara.

Chankaya saroyi joylashgan yer bir vaqtlar arman zargar va savdogar Kasabyanga tegishli boʻlgan[5]. Hududda joylashgan uzumzorlar va uy undan tortib olindi, Kasabyanning oʻzi va oilasi arman genotsidi oqibatlaridan qochish uchun Anqaradan koʻchib, Konstantinopolga joylashdi[5]. Keyinchalik Turkiya Respublikasining birinchi prezidenti boʻlgan Mustafo Kamol Otaturk 1921-yilda savdogarning binosini koʻrib, uni yoqtirib qoladi va uni 4500 turk lirasiga sotib oladi[6][7].

1919-yili Anqaraga kelgach, Otaturk Anqaradagi qishloq xo‘jaligi maktabida istiqomat qiladi. 1920-yil 23-aprelda Buyuk Millat Majlisi raisi etib saylanganidan so‘ng, temir yo‘l vokzali yaqinidagi tosh uyga ko‘chib o‘tadi. 1921-yil iyun oyining boshida Otaturk Chankaya villasi nomi bilan mashhur boʻlgan Chankaya uyiga joylashadi.

1924-yilda meʼmor Mehmet Vedat Bey Kasabyan villasini taʼmirladi, yangi yotoqxona uchun ikkinchi qavatni qurdi, koridor, kiler va oshxonaga kirishni oʻrnatdi[8]. 1926-yilda isitish tizimi oʻrnatilgan. Bu villa Otaturkning qarorgohiga aylandi. Otaturk 1932-yil iyun oyida yangi pushti saroyga koʻchib oʻtdi. Bu qasr Respublika tarixida muhim o‘rin tutgan. 1950-yilda rekonstruksiyadan soʻng u jamoat uchun muzey sifatida ochildi. 1986-yilda bu yerda asosiy restavratsiya ishlari yakunlandi.

Binoda hashamat yoʻq. Binoning oddiy jihozlari foydalanish uchun moʻljallangan. Bino Mustaqillik urushi, oʻzgarishlar va islohotlar yillarida Otaturkning qarorgohi boʻlib xizmat qilgan. Bugungi kunda bu bino Otaturk xotirasiga hurmat sifatida ehtiyotkorlik bilan saqlanmoqda.

1930-yilda Otaturk taniqli avstriyalik arxitektor professor Klemens Holzmeysterdan Turkiyada yangi prezident saroyini loyihalashtirish va qurishni soʻradi[9]. Holzmeyster Otaturkning tavsiyalariga binoan 1932-yilda yangi saroy qurilishini yakunladi. Yangi bino Pushti villa deb ataldi[9]. Villaning ichki qismi Vena Tasviriy sanʼat akademiyasi faollari[9] tomonidan anʼanaviy turk uyi asosida ishlab chiqilgan.

Otaturk 1938-yilda vafotigacha pushti villada yashadi. Keyinchalik Turkiyaning boshqa barcha prezidentlari ham u yerda yashagan.

Turk meʼmori Seyfi Arkan Otaturkning opasi Makbula Otadan uchun saroy zaminida ikki qavatli zamonaviy majmua qurdirdi[10]. 1951-yildan 1954-yilgacha bino tashrif buyurgan davlat rahbarlari uchun mehmon uyi sifatida xizmat qilgan[10]. Bino 1996-yilda kengaytirilgan[10] va tashrif buyuradigan davlat rahbarlari uchun mehmon uyi sifatida xizmat qilishda davom etmoqda[10].

Matbuot anjumanlari zallari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Matbuot anjumanlari zali 1997-yil 21-mayda qurilgan[11]. Zal 2650 m² maydonni egallaydi[11].

  1. „アーカイブされたコピー“. 2015-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-fevral.
  2. „Erdogan presidential palace cost soars for Turkey“. 2014-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-aprel.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 „Presidency of the Republic of Turkey: Çankaya Presidential Campus“. 2014-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-aprel.
  4. „Presidential residence to change after 91 years“. Hürriyet Daily News (2014-yil 3-sentyabr). 2014-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 3-sentyabr.
  5. 5,0 5,1 Keyzer, Zeynep.
  6. Üngör, Ugur Ümit.
  7. Bumin, Kürşat. „Bir varmış bir yokmuş… [There was and there wasn't…“] (tr). Yeni Şafak (2007-yil 20-may). 2010-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 5-yanvar.
  8. (Turkish) Official Page of Çankaya Municipality „アーカイブされたコピー“. 2012-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 30-iyul.
  9. 9,0 9,1 9,2 „Presidency of the Republic of Turkey: Çankaya Presidential Campus“. 2014-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-aprel.
  10. 10,0 10,1 10,2 10,3 „Presidency of the Republic of Turkey: Çankaya Presidential Campus“. 2014-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-aprel.
  11. 11,0 11,1 „Presidency of the Republic of Turkey: Çankaya Presidential Campus“. 2014-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-aprel.