Bretan
Qiyofa
Bretan (fransuzcha: Bretagne) — Fransiya shimoli-gʻarbidagi yarim orol. Maydoni 35 ming km2, uz. 200 km. Qirgʻoqlari tik, kuchli yemirilgan. Yer yuzasi sertepa tekislik, balandligi 384 m gacha (Armorikan qiri). Oʻrtacha yillik yogʻin 800–1200 mm. Dub, qoraqayin oʻrmonlari bor. Vereska chakalakzorlari, torfli yerlar keng tarqalgan. Sabzavotchilik, goʻsht-sut chorvachiligi rivojlangan, baliq ovlanadi. Yirik port shaharlari — Nant va Brest.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |