Kontent qismiga oʻtish

Bonn

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bonn

Olmoniya Federal Davlatining eski poytaxti

Bonn — Germaniyadagi shahar, Shimoliy ReynVestfaliya yeri hududida, Reyn daryosining chap sohilida. Aholisi 412 ming kishi (1995). Bonn ga 1-asrda rimliklar asos solgan. 1273—1794-yillarda Kyoln kurfyurstlari qarorgohi. 1814-yil dan Prussiya tarkibiga kirgan. 1945—49 yillarda Germaniyaning Angliya okkupatsiya qilgan zonasida boʻlgan. 1949-yildan GFR poytaxti. 1989-yildagi siyosiy oʻzgarishlar tufayli GFR va Germaniya Demokratik Respublikasi qoʻshilib, birlashgan Germaniyaning federal poytaxti statuyey Bonndan Berlinga oʻtdi. Xorijiy davlatlar elchixonalari hozircha Bonn Bonn muhim transport yoʻllari tuguni. Reyn boʻyidagi port. Xalqero aeroport bor. Sanoat korxonalari juda kam. Mavjud sanoat tarmoqlarining aksariyati isteʼmol mollari ishlab chiqaradi; elektrotexnika, rangli metall buyumlari, aniq mexanika, optika, farmatsevtika, mebel, keramika, yozuv qogʻozi, oziq-ovqat, tamaki korxonalari bor. Poligrafiya sanoati rivojlangan. Bonnda GFR savdo-sanoat palatasi, sanoat va moliya konsernlarining koʻpdankoʻp idoralari, madaniyat muassasalari va boshqa joylashgan. Bonn atrofida qoʻngʻir kumir qazib chiqariladi.

Bonnda Germaniyadagi eng yirik oliy oʻquv yurti — Bonn universiteti, konservatoriya, Betxoven uymuzeyi, kutubxona bor. Roman sobori (11—13 a. lar), gotika uslubidagi SanRemigiy cherkovi (12741317), ratusha (1737) va boshqa meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil