Kontent qismiga oʻtish

Bisau

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Bisau (Bissau), Bissau — Gvineya-Bisau Respublikasi poytaxti. Bisau muxtor sektorining maʼmuriy markazi. Aholisi 197,7 ming kishi (1996). Atlantika okeani sohilidagi port; xalqaro ahamiyatga ega aeroport bor. Mamlakatning 60% ga yaqin sanoat korxonalari Bisauda joylashgan. Oziq-ovqat, taxta tilish, mebel ishlab chiqarish, yengil sanoat korxonalari mavjud. Kema taʼmirlash ustaxonalari bor. Chetga kopra, yer yongʻoq, palma moyi, koʻnteri xom ashyosi va yogʻoch (oʻrmon) mahsulotlari chiqariladi. Shaharga 17-asrda asos solingan. Tarixiy-badiiy muzeylar bor.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil