Kontent qismiga oʻtish

Bedreddin İbrahim Bey I

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bedreddin İbrahim Bey I
turkcha: Bedreddin İbrahim Bey I'
Birinchi beklik davri
Saltanat 1318-1332
Oʻtmishdoshi Hacı Sûfi Burhâneddin Musa Bey
Davomchisi Alâeddin Halil Mirza Bey
Ikkinchi beklik davri
Saltanat 1340-1350
Oʻtmishdoshi Alâeddin Halil Mirza Bey
Davomchisi Fahreddin Ahmed Bey
Tugʻilishi 1297-yil
Vafoti 1350-yil
Farzandlari Fahreddin Ahmed Bey
Şemseddin Bey
Uy Karamanoğulları
Otasi Bedreddin Mahmud Bey
Dini Sunni Islom

Bedreddin İbrahim Bey I (turkcha: Bedreddin İbrahim Bey I) — Karamanoğulları bekligining asoschisi Kerimüddin Karaman Beyning nabirasi va Bedreddin Mahmud Beyning oʻgʻlidir. Ushbu beklik 1250-1487-yillar orasida Onadoʻlida hukm surgan boʻlib, XIV-XV asrlarda Onadoʻlida Usmonlilar imperiyasi bilan birga eng qudratli davlat hisoblangan.[1][2].

İbrahim Bey Karamanoğulları bekligini 1300-1312-yillar orasida boshqargan Bedreddin Mahmud Beyning oʻgʻlidir. Bedreddin Mahmud Beyning uchta ham orqama-orqa beklik taxtiga chiqqan. Bular: Hacı Sûfi Burhâneddin Musa Bey, Bedreddin İbrahim Bey I, Alâeddin Halil Mirza Beylardir.

İbrahim Bey I 1297-yillar atrofida tavallud topgan. U 1312-yilda otasi Bedreddin Mahmud Bey vafot etganida 15 yoshlar atrofida edi va yoshligi sabab taxtga daʼvo qilishga kuchi yetmadi. 1318-yilda u Misrning Karaman bekligi ustidan hukmronligini tan oldi va yordam soʻrab mamluk sultoni Muhammad an-Nosir I ga murojaat qildi. Mamluklar yordami bilan İbrahim Bey beklik poytaxti Karaman shahrini akasi Hacı Sûfi Burhâneddin Musa Beydan tortib olishga muvaffaq boʻldi. Natijada Musa Bey Karaman shahridan ayrilib, Ermenek tomonlarga chekinishga majbur boʻldi. Karaman yerlarida mamluk sultoni nomiga tangalar zarb etildi va masjidlarda an-Nosir nomiga xutbalar oʻqildi.

U 1320-yilda Koʻniya shahrini qisqa muddatga boʻlsa ham egalladi. Ammo Hulokuiylar davlati hukmdori Abu Said Bahodir qoʻshini tomonidan quvib chiqarildi. 1323-yilgi jangda Abu Said Bahodir İbrahim Beyning akasi Hacı Sûfi Burhâneddin Musa Beyni jangda magʻlubiyatga uchratdi.

İbrahim Bey beklik davrining birinchi qismiga 1333-yilda ukasi Alâeddin Halil Mirza Bey tomonidan nuqta qoʻyilgan. Ammo Misr mamluklarining bosimi ostida Halil Mirza Bey 1340-yilda taxtdan voz kechadi va İbrahim Bey qaytadan bek lavozimini egallaydi. U beklikni 10 yilcha boshqarib, 1350-yillarda vafot etgan.

  1. TDV İslam Ansiklopedisi, cilt: 28,  sayfa: 445
  2. Faruk Sümer, „Karamanoğulları“, TDV Diyanet İslam Ansiklopedisi, Ankara 2001, c. XXIV, s. 454-460.
Humkdorlik unvoni
Oʻtmishdoshi:
Musa Bey
Karamanoğulları beki
1318-1332
Vorisi:
Halil Mirza
Humkdorlik unvoni
Oʻtmishdoshi:
Halil Mirza
Karamanoğulları beki
1340-1350
Vorisi:
Ahmed Bey