Baqtriylar
Baqtriylar qadimgi davrlardan V asrgacha Baqtriya: hozirgi Tojikiston, Oʻzbekiston va Afgʻonistonga tutash hududlarda, janubda Hindukush togʻ tizmasi va shimolda Fargʻona vodiysi oraligʻida yashagan tarixiy xalqdir. Mamlakat poytaxti Afgʻoniston shimolidagi Balx shahri edi. Baqtriylar hind-yevropa tillari oilasining hind-eroniy tillarining bir tarmogʻi boʻlmish eroniy tillaridan boʻlgan baqtriy tilida soʻzlashganlar.
Ajdodlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qadimda Baqtriya hududida mil. avv. XXIII—XVIII asrlarda Baqtriya–Margʻiyona arxeologik majmuasi (BMAM) mavjud boʻlgan. Rus arxeologlari V.I. Sarianidiy va M.Ye. Masson tomonidan Namozgohtepa, Oltintepa va boshqa bir qator joylar qazib oʻrganilganda oʻz davri uchun ulkan (jumladan, istehkomlar) inshootlarining asoslari aniqlangan. Boʻyoqsiz sopol idishlar, ikki yarusli sopol qoʻralar, mis va bronzadan yasalgan quyma buyumlar (pichoq, xanjar, koʻzgu), aravalarning loydan yasalgan maketlari aniqlangan. Tor koʻchalar bilan ajratilgan koʻp xonali uylarning qoldiqlari topilgan. Yuqori darajada rivojlangan kulolchilik va zargarlik buyumlari shaharlarda koʻplab hunarmandlar mavjudligidan dalolat beradi. Muhrlardan biridagi piktogrammalar aholi punktlarida maxsus yozuv tizimining mavjud boʻlganligini koʻrsatadi.
Olimlar tomonidan 2019-yilda olib borilgan tadqiqot BMAMning asosiy aholisi asosan eneolit davridan avvalgi mahalliy xalqlardan kelib chiqqanligini aniqlandi. Ular BMAM hududidan olingan namunalar proto-hind-yevropaliklar hisoblangan Yamnaya madaniyati odamlaridan kelib chiqqanligi haqida hech qanday dalil topmadilar[1].
Islom yoyilishidan oldin bu hududning asosiy dinlari zardushtiylik va buddizm boʻlgan[2].
Ahamoniylar davlati tarkibiga kirishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Miloddan avvalgi VI asr oʻrtalarida Baqtriya Kir II tomonidan bosib olindi va Ahamoniylar davlati tarkibiga kiritildi. Gerodotning aytishicha, baqtriyaliklar va saklar Bobilni bosib olishda qatnashganlar[3].
Baqtriya Doro I ning Behistun kitobalarida qayd etilgan.
Gerodotning „Tarix“ asarida baqtriylar haqida muhim ma’lumotlar mavjud. Asarda ular fors podshohlariga tobe boʻlib, ularga oʻlpon toʻlashlari va ularning harbiy yurishlarida qatnashishlari aytib oʻtilgan[4].
Baqtriylar Ahamoniylarning fors qoʻshinida xizmat qilgan. Egey dengizidagi Salaminda ular Doro III ning bevosita qoʻmondonligi ostida edilar. Gavgamela qoʻl ostida Baqtriya otliqlari makedonlarga qarshi kurashda qoʻllari baland kelgan[5].
Doro III Iskandar Maqduniy (Aleksandr Makedonskiy) tomonidan magʻlubiyatga uchradi va Baqtriya satrapi Bess tomonidan oʻldirildi. Bess oʻzini qirol deb eʼlon qildi va Artakserks V nomini oldi va qarshi hujum rejasini amalga oshirmoqchi boʻldi, ammo boshqa sarkardalar tomonidan qoʻlga olinib, Iskandarga topshirildi. Keyin uni qiynoqqa solishdi va oʻldirishdi[6].
Tili
[tahrir | manbasini tahrirlash]Baqtriylar tili gʻarbiy va sharqiy eroniy tillari oʻrtasida oraliq til boʻlib, parfiya tili bilan deyarli xorazmiy hamda sugʻd tili bilan oʻxshashliklarga ega[7].
Baqtriy tili namunalari mil. avv. I—IX asr oid boʻlgan Kushonlar davriga oid tangalar, muhrlarda uchraydi[8]. Baqtriya tili yagona yozuv tizimi yunon yozuviga asoslangan oʻrta eroniy til hisoblanib, bu til pirovardida Iskandar Maqduniy tomonidan Baqtriyaning zabt etilishi va uning vafotidan keyin taxminan 200 yil davomida (miloddan avvalgi 323-yil) yunon hukmronligi saqlanib qolishi bilan bogʻliq.
Baqtriy tili oʻlik tilga aylangan boʻlib, uning davomchilari hozirgi pushtu, yidga tili, munjon va ishkashim tillari kabi shimoli-sharqiy eroniy tillari hisoblanadi[9].
Baqtriy tili yunon tilini oʻrniga, Kushonlar podsholigi va Baqtriya viloyatining lingva frankasiga aylangan. Baqtriy tili xalifalikka umaviylar kelguniga qadar isteʼmolda boʻlgan.
Avlodlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi tojiklar, Tojikistonning janubi va Afgʻonistonning shimoliy hududlarida yashovchi pomir xalqlari qadimgi baqtriyaliklarning avlodlaridir[10][11][12].
Tadqiqotchilarning fikricha, pushtun tili yoʻqolib ketgan baqtriy tiliga eng yaqin hozirda jonli til boʻlgan munjon tili bilan umumiy xususiyatlarga ega[13].
Hozirgi tojiklar Markaziy Osiyoning qadimgi sharqiy eroniy aholisining avlodlaridir. Xususan, tojiklar baqtriylar, gʻarbiy eroniy xalq boʻlmish forslar va eroniy boʻlmagan xalqlar aralashuvi natijasida shakllangan[14][15][16].
Sovet/rus etnograflari taʼkidlaganidek, oʻzbeklarning qadimgi ajdodlaridan biri baqtriylar boʻlgan[17][18].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Narasimhan, Vagheesh M.; et al. (2019). “The formation of human populations in South and Central Asia”. Science. 365 (6457): eaat7487. DOI:10.1126/science.aat7487
- ↑ Джон Хейвуд и Саймон Холл. Народы, нации и культуры. Лондон. 2005
- ↑ Геродот. История. Книга I «Клио», § 153
- ↑ А.А. Попов. Бактрия в греческой литературе классической эпохи // Вестник Санкт-Петербургского государственного института культуры. 1 (46). 2021
- ↑ BACTRIA — Encyclopaedia Iranica
- ↑ Хью Чисхолм. «Бактрия». Британская энциклопедия. Том 3 (11-е изд.). Издательство Кембриджского университета. 1911. С. 180-181.
- ↑ EASTERN IRANIAN LANGUAGES — Encyclopaedia Iranica
- ↑ BACTRIAN LANGUAGE — Encyclopaedia Iranica
- ↑ "Hozirgi Sharqiy eroniy tillari yanada koʻp va xilma-xildir. Ularning aksariyati shimoliy-sharqiy tillarga boʻlinadi: osetiy; yagʻnobiy (bu soʻgʻd tilining bevosita davomchisidir); shugʻniy guruhi (shugʻniy, rushoniy, xufiy, bartangiy, roshorviy, sarikoʻliy), ular bilan yazgʻulomiy (Sokolova 1967) va hozirda yoʻq boʻlib ketgan vanjiy (J. Payne Shmitt, 420-bet) chambarchas bogʻliq.
- ↑ Tajikistan: History. Wayback Machine, 12.12.2010 / Encyclopedia Britannica «The Tajiks are the direct descendants of the Iranian peoples whose continuous presence in Central Asia and northern Afghanistan is attested from the middle of the 1st millennium bc. The ancestors of the Tajiks constituted the core of the ancient population of Khwārezm (Khorezm) and Bactria, which formed part of Transoxania (Sogdiana). Over the course of time, the eastern Iranian dialect that was used by the ancient Tajiks eventually gave way to Persian, a western dialect spoken in Iran and Afghanistan.»
- ↑ Library of Congress: Country Studies; «Tajikistan — Historical & Ethnic Background» Архивная копия от 13 марта 2018 на Wayback Machine: «Contemporary Tajiks are the descendants of ancient Eastern Iranian inhabitants of Central Asia, in particular the Soghdians and the Bactrians.»
- ↑ Kembrij ensiklopediyasi, 8-jild, 2246-bet, “Baqtriylar – hozirgi pushtunlar, tojiklarning ajdodlaridan biri”.
- ↑ Waghmar, Burzine; Frye, Richard N. (2001). „Bactrian History and Language: An Overview“. Journal of the K.R. Cama Oriental Institute. 64: 40–48.
- ↑ Ричард Фольц, История таджиков: иранцы Востока, Лондон: Bloomsbury Publishing. 2019. C. 33-61.
- ↑ Kazakhstan, Kyrgyzstan, Tajikistan, Turkmenistan, and Uzbekistan Federal Research Division, Library of Congress, page 206.
- ↑ Ричард Нельсон Фрай, «Персия: до основания ислама» (оригинальное английское название: «The Heritage Of Persia»), немецкая версия, Пауля Бодиша, издательство Kindler, Цюрих. 1964. C. 485—498.
- ↑ НАРОДЫ СРЕДНЕЙ АЗИИ И КАЗАХСТАНА. Т.1. Под редакцией С.П. Толстова, Т.А. Жданко, С.М. Абрамзона, Н.А. Кислякова. Москва. 1962. C.82.
- ↑ Народы России. Энциклопедия. Главный редактор В.И. Тишков. Москва: 1994. С. 355