Bangladesh — Yaponiya munosabatlari
Bangladesh |
Yaponiya |
Bangladesh — Yaponiya munosabatlari Bangladesh va Yaponiya oʻrtasidagi ikki tomonlama diplomatik munosabatlardir.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bangladesh Britaniya Hindistonining bir qismi boʻlgan va 1947-yilda boʻlinguncha Yaponiya bilan mustaqil aloqalarga ega boʻlmagan. 1950-yillarning oʻrtalarida Dakkada (Sharqiy Pokiston) Yaponiya konsulligi ochildi[1]. Rasmiy diplomatik munosabatlar 1972-yil 10-fevralda oʻrnatilgan. 1972-yil 11-fevralda Bangladesh Tokioda, Yaponiya esa Bangladeshda elchixonasini ochdi[2]. Yaponiyaning Bangladeshdagi elchixonasi Baridxara, Dakka[3], Dutabosh Road, 5 & 7 manzillarida joylashgan. 2014-yilda , BBC maʼlumotlariga koʻra, Bangladeshliklarning 71 % Yaponiyaga ijobiy munosabatda boʻlgan va bu soʻrov Bangladeshni dunyodagi eng yaponparast mamlakatlardan biriga aylantirgan[4].
2016-yil 1-iyulda Dakkadagi teraktlar oqibatida yetti nafar yaponiyalik halok boʻldi[5]. Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abe shafqatsiz va jirkanch terrorchilik harakati natijasida juda koʻp begunoh odamlar halok boʻlganidan chuqur gʻazabda ekanini bildirdi[6].
Savdo aloqalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2004-yilga kelib Yaponiya AQSh, Buyuk Britaniya va Malayziyadan keyin Bangladeshning toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar boʻyicha toʻrtinchi yirik hamkoriga aylandi. Yaponiya ham Bangladesh iqtisodiyotini rivojlantirish uchun muhim yordam manbai hisoblanadi. Yaponiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining doimiy aʼzosi boʻlish uchun Bangladeshning qoʻllab-quvvatlashini, shuningdek, ushbu mamlakatda oʻzining tayyor mahsulotlarini bozorlarini taʼminlashni rejalashtirmoqda.
2015-yil holatiga koʻra, Yaponiya Bangladesh importida 7-oʻrinni egallaydi[7]. Yaponiyaning Bangladeshdan importi umumiy importning 0,17 % ni tashkil qiladi[8]. 2015-yilga kelib mamlakatlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2,3 milliard AQSH dollarini tashkil etdi. Bangladeshga Yaponiya importi: toʻqimachilik, charm buyumlar va qisqichbaqalar[9][10].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Bangladesh-Japan together at 40“. The Daily Star (8-fevral 2012-yil). 2-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-aprel 2021-yil.
- ↑ „Chronologies“. Embassy of Japan in Bangladesh. 24-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-aprel 2021-yil.
- ↑ „Embassy of Japan in Dhaka, Bangladesh“. EmbassyPages.com. 24-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-yanvar 2017-yil.
- ↑ „Chapter 4: How Asians View Each Other“. Pew Research Center (14-iyul 2014-yil). 13-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-aprel 2021-yil.
- ↑ hermesauto. „Japan victims' families head to Bangladesh in shock after attacks“ (inglizcha). The Straits Times (3-iyul 2016-yil). 12-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-aprel 2021-yil.
- ↑ hermesauto. „Seven Japanese involved in Bangladesh hostage attack confirmed dead“ (inglizcha). The Straits Times (2-iyul 2016-yil). 7-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-aprel 2021-yil.
- ↑ „Where did Bangladesh export to in 2015?“. The Atlas of Economic Complexity. 23-oktabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-oktabr 2017-yil.
- ↑ „Where did Japan import from in 2015?“. The Atlas of Economic Complexity. 23-oktabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-oktabr 2017-yil.
- ↑ „What did Japan export to Bangladesh in 2015?“. The Atlas of Economic Complexity. 23-oktabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-oktabr 2017-yil.
- ↑ „What did Bangladesh export to Japan in 2015?“. The Atlas of Economic Complexity. 23-oktabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-oktabr 2017-yil.