Kontent qismiga oʻtish

Avtoportret

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Avtoportret (yun. autos – oʻz, frans. portrait – tasvir) – portret turi. Avtoportretda rassom yoki haykaltarosh oʻzini oʻzi tasvirlaydi. Odatda avtoportret ustida ishlayotganda muallif koʻzgu yoki bir nechta koʻzgulardan foydalanadi, asarda oʻz shaxsiyati (obrazi)ni koʻrsatadi, oʻz tabiatini, ichki dunyosini, ijodiy falsafasini ifodalaydi. Avtoportret qadimdan mavjud boʻlib, antik davr, oʻrta asr, ayniqsa, uygʻonish davrida keng rivojlangan. avtoportret inson ruhiyati, ma’naviy dunyosini ochib berishga intilish kuchaygan davrlarda koʻplab yaratilgan. Uygʻonish davri san’atkorlari: Rafael, Leonardoda Vinchi, Rembrandt, Dyurer, Van Deyk, Bryullovlarning avtoportretlari mashhurdir. Oʻzbekiston tasviriy san’atida avtoportret 20-asrning 20 – 30-yillaridan keng tarqala boshladi. Rassomlardan A.Volkov, A.Siddiqiy, B.Hamdamip va boshqa ham avtoportretni yaratgan. Ayniqsa A.Abdulyaayev ijodida avtoportret muhim oʻrin egallaydi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil