Avantyurin
Qiyofa
Avantyurin – zich mayda zarrali shaffof kvars, qoʻngʻir-qizgʻish yoki sargʻish rangli yaltiroq mineral. Tarki-bida bir me’yorda tarqalgan slyuda yoki gematit boʻladi. kaliy va natriyga boy boʻlgan tillarang dala shpatlari ham A.deb ataladi. A. oson jilvirlanadi va kumushsimon-oq, qizgʻish-qoʻngʻir, ahyon-ahyonda yashil rangda tovlanadi, shuning uchun turli zeb-ziynat va san’at buyumlari yasash uchun ishlatiladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |