Kontent qismiga oʻtish

Arxont

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Arxont (yun. archon — boshliq, hukmdor) — Yunonistondagi oliy man-sabdor shaxslar. Rivoyatlarga koʻra, ar-xontlik lavozimi umrbod hisoblangan, keyinroq 10 yilga, miloddan avvalgi 683 yildan boshlab esa bir yilga keltirilgan. A. 9 kishidan iborat boʻlgan. Miloddan avvalgi 6-asrdagi Solon islohotidan keyin arxontlik lavozimiga oliy darajadagi mulk-dorlar saylangan. Klisfen islohotidan soʻng (miloddan avvalgi 5-asr) A. oʻzining siyosiy ahamiyatini yoʻqotgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil