Kontent qismiga oʻtish

Aortit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aortit – aorta devorining yalligʻlanishi. Aortit infeksion va allergik boʻladi. Kasallik oʻtkir va surunkali kechadi. Mikroblar qon, limfa orqali va qoʻshni aʼzolardan oʻtishi mumkin. Bunda koʻpincha devorning oʻrta qavati shikastlanadi; aksariyat zaxm natijasida kelib chiqadi. Kasallikda toʻsh suyagining orqasi ogʻriydi va aorta bir qadar kengayadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil