Anus
Qiyofa
Anus, anal teshik – toʻgʻri ichakning oxirgi qismi – orqa chiqaruv teshigi[1]. Anus dastavval mustaqil rivojlanib, keyin toʻgʻri ichakning pastki qismiga ochiladi. Baʼzan toʻgʻri ichak bilan anus oʻrtasida parda saqlansa, chaqaloqda ich boʻshalmaydi. Bunda jarrohlik yoʻli bilan parda teshiladi. Anus devorining ichki, shilliq qavati uzunasiga joylashgan burmalardan iborat boʻlib, vena qon tomiri chigallariga boy. Anusning muskul qavati koʻndalang-targʻil muskullardan iborat boʻlib, ixtiyoriy qisqaradi va u odam ixtiyoriga bogʻliq emas.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME., Birinchi jild., Toshkent, 2000.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |