Andreas Stjernen
Andreas Stjernen | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | (erkak) |
Tavallud paytidagi ismi | Andreas Kolset Stjernen |
Fuqaroligi | Norvegiya |
Tavallud sanasi |
30-iyul 1988-yil Levanger, Norvegiya |
Sport | |
Qaysi sport | (changʻida sakrash) |
Klubi | Sprova IL[1] |
Andreas Kolset Stjernen (1988-yil 30-iyulda tugʻilgan) — norvegiyalik nafaqadagi changʻida uchish sportchisidir. Andreas sobiq changʻi sportchisi Xroar Stjernenning oʻgʻli hisoblanadi[2].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Andreas 2005-yilning fevral oyida Brotterodda boʻlib oʻtgan Qitʼa kubogida debyut qilgan va ikki kun davomida toplagan natijalariga koʻra 49-oʻrinni egallagan..Birinchi marta 2006-yilning mart oyida Bishofshofenda 28-oʻrinni egallagan va kuchli oʻttizlik orasida birinchi marta 2009-yil mart oyida Trondxaymda sakkizinchi oʻrinni egallagan. 2009-yil dekabr oyida Lillexammerda jahon chempionatida debyut qilgan va 19-oʻrinni egallab, birinchi Jahon kubogi ochkolarini toʻplagan. Uning shaxsiy rekordi — 249 metr, 2016-yil 14-fevralda Vikersundda oʻrnatilgan. Stjernen 2017—2018-yilgi XCHF changʻi uchish boʻyicha Jahon kubogida gʻolib chiqgan va bu muvaffaqiyatga erishgan birinchi norvegiyalik boʻlgan.
Kolset Sprova IL va Trønderhopp sport klubini himoya qilgan va keyinchalik Levanger klubiga oʻtgan[3].
Jahon chempionati natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turnir jadvali
[tahrir | manbasini tahrirlash]Andreas ketma-ket 2009-yildan 2018—2019-yilgi qishgi musobaqalargacha qatnashgan. 2012—2013-yilgi musobaqalarda kichik tepalikdan sakrash boʻyicha fahrli uchinchi oʻrinni, 2017—2018-yilgi musobaqalarda esa yuqoridagi tur boʻyicha birinchi oʻrinni umumiy natijalarga koʻra uchinchi oʻrinni egallagan. 2013—2014-yilgi musobaqalarda qoʻnishdagi texnik xatolar tufayli urinishlar hisobga olinmagan.
Mavsum | Umumiy | 4H | SF | RA | W5 | P7 | NT |
---|---|---|---|---|---|---|---|
2009—2010-yillar | 56 | 41 | — | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq | 54 |
2010-2011-yillar | 48 | — | 42 | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq |
2011-2012-yillar | 37 | — | 48 | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq |
2012-2013-yillar | 19 | 43 | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq | |
2013-2014-yillar | 43 | — | — | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq |
2014-2015-yillar | 36 | — | 11 | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq |
2015-2016-yillar | 12 | 15 | 10 | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq |
2016-2017-yillar | 12 | 10 | 14 | 4 | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq |
2017-2018-yillar | 8 | 19 | 22 | 8 | Yoʻq | ||
2018-2019-yillar | 19 | 7 | 27 | 38 | — | — | Yoʻq |
Yakka tartibdagi gʻalaba
[tahrir | manbasini tahrirlash]Andreas yakka tartibli bahslarda 2018-yilgi Xalqaro changʻida sakrash musobaqalarining kotta tepalik yoʻnalishi boʻyicha gʻolib deb topilgan. Musobaqa 2018-yil 13-yanvarda 235 metrlik sakrash nuqtasiga ega boʻlgan Bad Mitterdorf changʻida uchish majmuasida boʻlib oʻtgan. Ushbu mosabaqada Stjernen raqiblaridan yaqqol peshqadamlik bilan eng yuqori ochkolarni toʻplab, mutloq gʻoib sifatida koʻrilgan va 10000 evro pul mufoti taqdim etilgan.
Mavsum | Sana | Manzil | Tepalik | Hajmi | |
---|---|---|---|---|---|
1 | 2017—2018-yillar18 | 2018-yil 13-yanvar | Tauplitz / Bad Mitterndorf | Kulm HS235 | FH |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Andreas STJERNEN“. olympicchannel.com. Olympic Channel Services. 15-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyul 2020-yil.
- ↑ Hernes, Øystein. „Andreas Stjernen ble far for første gang: – En fantastisk følelse“ (norvegcha). vg.no (27-aprel 2017-yil). 2-yanvar 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-yanvar 2018-yil.
- ↑ „Andreas Kolset Stjernen (1988) – Skattelister 2008“ (norvegcha). 2011-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-dekabr 2009-yil.