Kontent qismiga oʻtish

Analgetiklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Analgetiklar

Analgetiklar (qadimgi yunoncha: ἀν va ἄλγησις analgetik moddalar) — ogʻriqni qoldiruvchi yoki kamaytiruvchi dorilar; farmakologik taʼsiriga koʻra narkotik va narkotikmas Analgetiklar farq qilinadi. Narkotik analgetiklarga morfin, omnopon va uning sintetik oʻrindoshlari (promedol, fenadon va boshqalar) kiradi; ular turli ogʻriqlar, jumladan shikastlanish va boshqa hollardagi kuchli ogʻriqlarni ham qoldiradi. Narkotik Analgetiklar takror-takror qabul qilinganda odam unga oʻrganib, qumsaydigan boʻlib qoladi va bu narkomaniyaga sabab boʻlishi mumkin. Narkotikmas Analgetiklarga kimyoviy tuzilishi turlicha boʻlgan sintetik moddalar (amidopirin, analgin, fenatsetin, atse-tilsalitsilat kislota, paratsetamol va boshqalar) kiradi; bu xil Analgetiklarning narkotik Analgetiklarga Karaganda ogʻriq qoldiruvchi taʼsiri kuchsizroq boʻlib, asosan, nevralgiya tusidagi ogʻriklarda, mialgiya (muskullar yalligʻlanishi)da, tish va bosh ogrigida ishlatiladi. Narkotikmas Analgetiklar ogʻriq 467qoldirish bilan bir qatorda isitma tushishiga va yalliglanishni bartaraf etishga ham yordam beradi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil